№5. 5-mavzu: Terminlarning yasalishi



Yüklə 388,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.11.2022
ölçüsü388,14 Kb.
#67473
  1   2   3
5- Мavzu ona tili



REJA: 
1.
Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. 
2.Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi. 
3.Sohaviy terminlarning semantik usul bilan yasalishi. 
Amaliy 
mashg‘ulot 
№5. 
5-MAVZU: 
Terminlarning yasalishi 
 
 
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan 
so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang‘ich davrlarida 
qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha 
predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir. 
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu 
hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu 
asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, 
olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar: 
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega; 
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, 
ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini 
kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi; 
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir; 
4) termin stilistik jihatdan neytraldir; 
5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo. 
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo 
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim 
L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro 
aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari 
bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda 
o‘zgarib boradi». Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy 
xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida 
fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab 
bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. 
Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga 
egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida 
gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar 
terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, 
asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik 
obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”, A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar 


so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu 
muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, 
qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb-hunar 
so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini 
olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir” 
Fan-texnikaning tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-yangi 
mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi 
bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi 
texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi 
to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. 
Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular 
bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda. 
Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib, 
uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi. Ko‘pchilik 
hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki kalkalash jarayoni 
sifatida qaraymiz. 
Terminologiyadagi 
mavjud 
kamchilik 
hamda 
tartibsizliklarning 
asosiy 
sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflama mukammal 
bo‘lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilmiy-texnikaviy termin oddiy so‘zning yoki so‘z 
birikmasining terminologiyadagi aksi bo‘lib, u aniq chegaralangan hamda belgilangan 
mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan qat`iy nazar, faqat shu terminga oid bo‘lishi 
lozim. To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga terminologiyasini 
qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o‘zi umuman 
mavjud emas. Har doim boshqa tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib 
turadi, bu jarayondan chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda 
ham xorijiy terminlarni sun`iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi. 
Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin 
ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi mutanosiblikni 
saqlashga e`tiborni qaratish lozim. 
Ma’lumki, muayyan terminologik tizim yoki umumiste’moldagi ma’nosi 
ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, 
ma’lum so‘zlar qurshovida (ya’ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir 
tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko‘raylik: 
“qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja 
chayqovchilari”. Bu tushuncha iqtisodchilar tilida “ayiqlar” deb ataladi. 



Yüklə 388,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin