Zoologiya terminlari ham iqtisod termini
vazifasini bajarib kelishi
mumkin.
Masalan:
o‘rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya.
Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri
affikslar orqali so‘z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko‘lami keyingi davrlarda
yanada
kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning
ayni shu usul bilan
yasalayotganligi shundan dalolat beradi. Terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli
bilan terminlar yasash bir
qadar faol bo‘lsa, boshqasida esa kam mahsuldir.
Mavzuni mustrahkamlash: bunda talabalar tomonidan
tayyorlangan tarqatma
materiallar va krossvordlardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda testlar bilan ishlash.
Xulosa:
a) o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi.
b) talabalarda terminologiya yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan
olgan bilimlarini
mustahkamladik.
Topshiriqlar
1-topshiriq: So‘zlarning qaysi sohaga tegishli ekanligini ajratib ko‘rsating:
Landshaft, dizayn, forsaj, kompozitsiya, san`at, atama, urg‘u, affiks, davlat,
jamiyat, demokratiya, paleolit, feodalizm.
3-
topshiriq: Ixtisoslikka oid atamalar lug‘atini tuzing.
Namuna:
orfoepiya - grekcha
orfo - to‘g‘ri, epos -
nutq
ma’nolarini bildiradi;
Leksikografiya - grekcha
lexikos – so‘z,
tushuncha; grafos- yozmoq degan ma’nolarni bildiradi.