Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin.
Masalan: chorak reja, normativ qiymat, differensial renta, yig ‘ma ko ‘rsatkich, ish haqi
darajasi, daromadning qoldig‘i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx
darajasi, foyda miqdori, qiymat o ‘lchovi, bo ‘linma, qiymat solig‘i.
Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi
terminlar. Masalan: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi,
talabning egiluvchanligi, bozor mexanizmi. Moliyaviy mexanizm har bir soha va bo ‘g
‘inlar bir butun yaxlitlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fizikaviy terminlar bilan aloqador so‘zlar iqtisod termini vazifasini bajarib
kelishi mumkin. Masalan: bozor muvozanati, mehnat sig‘imi, kapital sig‘im, nisbiy
daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o‘zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat, o
‘zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig‘imi.
Qishloq xo ‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar, krizis,
sohibkorlik, qiymatning o‘sishi, tovar xojaligi, o‘sim, qarz o‘simi, undirilgan pul, pul
undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o ‘sish, talabni
o ‘stirish, agrobiznes, agrosanoat.
Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan:
moliya oligarxiyasi, qadrli mablag‘, ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet,
absolyut renta, ta ’sischilik aksiyalari, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy
qadriyatlar, to ‘lov qobiliyatsizligi, yetakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari,
daromad samarasi, ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o ‘rinbosar tovarlar, xayriya
fondi, vaqf fondi, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul, pulning qadrsizlanishi, muomala
fondlari.
|