O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash- butun pedagoglar jamoasining, ona-onalar va zavod jamoatchiligining ko‘p yillik ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni ma’naviy-psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni xar tomonlama kamol toptirishning o‘zaro bog‘liq jarayoni deb karaladi, bu jarayonda qobiliyat va e’tikod bilan birga o‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlari boshlangich ishlab chiqarishga tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi ishchi kasblarini egallashga yo‘naltirishning xal kiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk boskichda amalga oshirilgan takdirda bunga erishiladi.
O‘rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki o‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bo‘yicha ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni, kunikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi
Ta`lim va kasbga yo‘naltirish bilan qo‘shilgan unumli mehnatda muntazam qatnashish eng ko‘p pedagogik samara beradi.
O‘rta maktablarni tamomlab yoki hunar-texnika ta’limi sistemasida, o‘kuv kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o‘tib, xalq xujaliginiig turli tarmoqlarida darhol ishlay boshlagan yigitlarning soni yil sayin ko‘payib bormokda.
Maktabda kasbga yo‘naltirish soxasidagi hamma ishlarning bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tartibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini, kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta’limi, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yeki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning sinf raxbari, maktab kutubxonachisi, maktab o‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-onalar qo‘mitasining a’zolari, bazaviy korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning ish rejasini xalq maorifi buyicha maktab kengashi ko‘rib chikadi va tasdiklaydi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashtirish va tashqil qilishdan, kasbga yo‘naltirish ishiga oid ilg’or tajriba ma’lumotlarini yig’ish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat Kasbga yo‘naltiruvchi kengash rayon maktablar-aro o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, xalq deputatlari rayon Kengashi ijroiya komiteti xuzuridagi yoshlarni kasbga io’naltirish va ishga joylashtirish komissiyasi, hunar-texnika ta’limi sistemasidagi o‘quv yurtlari, bazaviy korxonalar va tashkilotlar, o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog’lab turadi.
Kasbga yo‘naltirishishini rejalashtirilgan chog’da kengash maxalliy sharoitlarni va maktab ishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kengashning kasbga yo‘naltirish ish rejasi maktab ta’lim-tarbiya ishi umummaktab rejasinit tarkibiy qismidir.
Kasbga yo‘naltirish kengashining majlislariga rayon maktablar-aro o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari xodimlari, muassasalar, bazaviy korxona, qishloq hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar, oliy o‘quv yurtlarining vakillari, balog’atga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya a’zolari mehnat resurslaridan foydalanish organlarining vakillari taklif qilinadilar.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishishini o‘tkazgan chog’da maktab xodimlari va maktab ma’muriyatining vazifalari o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid yo‘riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni o‘rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni o‘rganish va o’z ishlarida foydalanishdan iborat.
Sinf raxbarining vazifalari avvalo o‘quvchining shakillanayotgan taxtini, uning mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iborat. Bu soxada unga fan o‘qituvchilari, ota-onalar bilan suxbatlar, savol varaqasiini to‘ldirish va o‘quvchining shaxsiy varaqa -tavsifnomasini to‘ldirgan xolda uni muntazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf raxbari o‘quvchining shaxsini o‘rganish negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga yo‘naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg‘ulotlardan va ekskursiyadan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirish ishi o‘quvchilarning ota-onalari bilan mustaxkam aloqada o‘tkaziladi.
O‘quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini to‘ldiradi. Bundan maqsad-o‘quvchilarning xayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf raxbarlari savol varaqasi asosida o‘quv yili oxirida kasbga yo‘naltiruvchi maktab kengashiga topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka darajasi bo‘yicha kasb egallagan hamda o‘qish va ish xususidagi o‘z istaklarini bildirgan 9 va 11 sinf o‘quvchilarining ro‘yxatlarini tuzadilar.
O‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatning xar xil turlariga oid bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga o‘z faoliyatlari jarayonida maxsus malakalarga ham ega bo‘ladilar, o‘z qobiliyatlarini rivojlashtiradilar, mehnatda o‘z kuchlarini sinab ko‘radilar. Shu boisdan mehnat ta’limi o‘qituvchisi mehnat darsini shunday tashkil qilishi kerakki, toki xar bir o‘quvchi mehnatni sevishni o‘rganib olsin, odamlarga naf keltiradigan bo‘lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan zavqlansin.
Mehnat o‘qituvchisi o‘z ishida bilim va malakani egallashda o‘quvchilarga eng ko‘p faollik va mustaqillikni ta’minlaydigan ish shakillari va metodlaridan foydalanishi lozim. Laboratoriya-amaliy, o‘quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab chiqarish ekskursiyalari, tajribasi shunday ish shakillari va metodlari jumlasiga kiradi. Bu ishlar mustaqil kuzatishlar, tajribalar, taxlillar, hisob-kitoblar, ishlab chiqarish va ijodiy vazifalarni xal qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni o‘z ichiga oladi.
Mehnat o‘qituvchisi mehnat ta’limi jarayonida kasb qilib olingan mehnat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni konkret mavzularni o‘rganish bilan mantiqiy bog’lashi mumkin. Chunonchi, elektrotexnika fizikasi va bo‘limiini o‘rgangan chog’da o‘qituvchi xalq xo‘jaligida elektr quvatining roli va ahamiyatini, uni ishlab chiqarish hamda iste’molchiga yetkazib berish usullarini ko‘rsatishi, shuningdek ushbu tarmoq kasblari uchta katta guruxga bo‘linishi tushuntirib berish mumkin. Birinchi guruxga elektrotexnika uskunalari, mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasblar (elektrotexnika mashinalarini yig’uvchi slesar, sozlovchi slesar o‘rovchi elektromontyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi guruxga elektr quvvati uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning elektromantyori, elektr tarmoqlarini tuzatuvchi elektromontyor va shu kabilar); uchinchi guruxga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar (elektromontajchi slesar, ta’mirchi elektromantyor va shu kabilar) kiradi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda o‘qituvchining shaxsi juda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |