Bu virusimiz ham sayt tomonidan hech qanday zararli deb topilmadi. \
3-virus (Github.com saytidan yuklandi). Bu virus kodimizni virus_3.bat nomi bilan kompyuterimiz desktopida saqlab olamiz:
Endi virustotal.com saytidan buni ham tekshiruvdan o’tkazamiz:
Yuqoriga qarasak bu yerda 14 viruslik alomati qayd etildi:
Gen:Heur.Bat Gen.Bat Trojan:Script/Wacatac.B!ml Va boshqa virus katagoriyalari bo’yicha xavflilik darajasi aniqlandi.
Yuqorida Details bo’limidan virusimizni Xesh qiymatlarini olishimiz mumkin. Va oxirgi marta qachon bu virusimiz analiz qilinganini ham ko’rishimiz mumkin History qismida.
Endi ishlatib ko’ramiz va qay darajada zararli ekanligini tekshirib ko’ramiz:
Birinchi virusimizni ishlatib ko’rdik xech qanday o’zgarish sezmadik. 2-virusimizni ishlatganimizda yuqoridagi oyna hosil bo’ldi va barcha diskdagi fayllarimiz o’chirildi.
Va bizdan yana yuqoridagi oyna qayta-qayta ochilib turibdi bu 2-virusimizni natijasi.
Va natijada bizni www.youareanidiot.orgnomli saytga yo’naltirib yubormoqda bu cheksiz marotaba takrorlanaveradi.
Yuqoridan ko’rishingiz mumkin oz muddat Ichida bir qancha saytlarga kirib ketildi.
Kompyuterimizning Task Manager bo’limida virtual mashinamiz uchun ajaratilgan barcha CPU (protsessorlar) hammasi 100% ishlayotganizni ko’rishimiz mumkin.
3-virusni ishga tushurganimzda quyidagi holatlar aniqlandi: