5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Mahsuldor qatlamlarni suv bostirishni



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə44/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
5-bob kitobcha

10.5.2. Mahsuldor qatlamlarni suv bostirishni
nazorat qilish

Mahsuldor qatlamni qazib chiqarishni nazorat qilish ishlatish ob’ektidagi jarayonning hamma bosqichlarida suv harakati xususiyatlarini kuzatishni ko’zda tutadi va shu boradagi ma’lumotlarni to’plash hamda umumlashtirishni taqozo etadi. Kuzatishlarning oqilona majmuasi geologik fizik sharoitlar, qo’llanadigai qazib chiqarish sistemasi va suv kirish qonuniyatlariga bog’liq bo’ladi. Juda aniq nazoratgina va suv harakatlarini boshqarish suv siqish natijasida olib boriladigan qazib chiqarish jarayonining samaradorligini ta’minlash mumkin.


Suv haydashning pirovard natijalari shulardan iborat:
Ma’lum vaqtda (asosan yil boshiga) haydalayotgan suv bilan neft chegarasini yoki xozirgi kundagi neft-suv chegarasini aniq bilish, qatlamlardagi suv harakati tezligini aniqlash, suv haydalgan hajmdagi neft beruvchanlikni aniqlash.
Bunday vazifalarni quduqlarni turli usullar bilan tadqiq qilish natijasida bajariladi. Hozirgi kunda neft-suv chegarasini aniq ko’rsatib beruvchi tadqiqotlar mavjud emas. SHuning uchun aksariyat tadqiqotlar majmuasidan foydalanish taqozo etiladi. Ularning ma’lumotlarini birgalikda tahlil qilinganda neft-suv holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Albatta bunday usullarning har bir kon va qatlam uchun o’ziga xosligi bor, shuning uchun ularda o’z nazorat usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda qatlamga suv haydashni nazorat qilishni ko’pgina usullari ishlab chiqilgan va tajribada qo’llanilmoqda. Bular to’g’ridan-to’g’ri kuzatish (ya’ni quduqlarni suv bosish jarayonini bevosita kuzatish), gidrokimyoviy va kon-geofizika usullari hamda turli geologik-kon ma’lumotlarini tartiblash-tirish va umumlashtirishga asoslangan yordamchi-qo’shimcha usullardir.
Quyida eng samarador usullarni ko’ramiz.
Quduqlarni suv bosganligini nazorat qilish usuli-ularni doimo kuzatish natijasida suvning etib kelganlik darajasini aniqlashdan iborat. Bu usul eng oddiy bo’lib, maxsus asbob-uskuna talab qilmaydi.
Quduqdan olingan suvning tarkibi laboratoriya sharoitida o’rganiladi. SHunga qarab etib kelgan suvning vaqti belgilanadi, uning miqdori aniqlanadi (suv %), suvning kimyoviy tarkibi, uning mineralizatsiyasi aniqlanadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin