SJIF 2021:5.5 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 17 Shuning uchun O’zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb
muammolaridan biri bo’lib, innovatsion faoliyatni kerakli sifat va miqdor darajasiga
erishtirishdan iboratdir.
Zamonaviy haqiqatda
mamlakatda innovatsion faoliyatni jonlantirish nafaqat
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni sog’lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi
uchun sharoit yaratish, biznes rivojlanish sur'atlarini tezlashtirish, shu bilan birga
yetakchilikni mustahkamlash va raqobatchilardan o’zib ketish, shuningdek, biznesning
butun yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan amaliy bo‘lmagan radikal innovatsiyalar joriy
etilgan taqdirda sohaga zarar yetkazilishidan o‘z vaqtida himoya qilish uchun ham
kerakdir.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili Iqtisodiyot nazariyasiga "innovatsiya" atamasi XX asr boshlarida avstriyalik Iosif
Shumpeter tomonidan kiritilgan. 1970-yillarning boshlarida mikroelektronika,
kompyuter texnologiyalari va nozik kimyoviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida
innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siriga qiziqish keskin kuchaydi, bu ilmiy
tadqiqotlar butun tarmoq va milliy iqtisodiyotlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi
harakatlantiruvchi kuchga aylanishini yaqqol ko’rsatdi.
Psixologlar, sotsiologlar, huquqshunoslar, menejment va marketing bo’yicha
mutaxassislar muhokamaga qo’shilgandan so’ng, ilmiy va texnik natijalarni amaliy
faoliyatga joriy etish jarayoni yoki natijasi sifatida innovatsiyaga dastlabki yondashuv
(innovatsiyalar nazariyasi klassiklarining qarashlarida) sezilarli darajada o’zgardi.
“Innovatsiya” atamasidan foydalanishning gumanitar fanlar va faoliyat sohalarini,
masalan, sotsiologiya, tibbiyot, siyosatshunoslikni qamrab olish uchun kengayishi yangi
ta’riflar oqimini keltirib chiqardi.
"Innovatsiya" va "innovatsion faoliyat" tushunchalari O’zbekistonda 1992 yildan
beri iqtisodiy amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Ko’pgina mahalliy qonun hujjatlarida
innovatsion faoliyat o’ziga xos ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatida taqdim etiladi.
Zamonaviy ilm-fanda "innovatsiya" va “innovatsion faoliyat” tushunchasiga ta’rif
berishga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ba’zi mualliflar buni innovatsiyalarni yaratish
va ishlab chiqarish uchun yagona jarayonda o’zaro bog’langan 28 xil turdagi ishlarning
majmuidan iborat bo’lgan maqsadli va ijodiy faoliyat deb ta’riflaydilar, boshqalari
ta’kidlashlaricha, innovatsiya - bu foyda olish maqsadida innovatsiyadan foydalanish
jarayoni, tijorat maqsadlarida, ya’ni bu tadbirkorlik faoliyati, boshqalar innovatsion
faoliyatni yangi bilimlarni olish va uni bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan
amalga oshirish bilan bog’liq tijorat faoliyati deb bilishadi.
1
SHuningdek, ushbu ishda innovatsion faoliyat deganda “mahsulot assortimentini
kengaytirish va yangilash va sifatini oshirish, ularni ishlab chiqarish usullarini
takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish va
tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat” tushuniladi deb aytib o’tilgan.
2
1
Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.:
Аспект-Пресс, 2007. – 192 с.
2
Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.:
Аспект-Пресс, 2007. – 192 с.