IQTISODIY AXBOROTNI JADVAL MUHARIRLARIDA MA’LUMOTLARNI KO’RISH, QAYTA ISHLASH VA UNUMLASHTIRISH VOSITALARI
Ishning maqsadi: Iqtisodiy axborotni jadval muharirlarida ma’lumotlarni ko‘rish, qayta ishlash va unumlashtirish vositalari bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar:kompyuter, Windows operatsion tizimi, MS Excel jadval muharriri.
Nazariy qism: MS Excelda ma’lumotlarni jadval ko‘rinishda tasvirlash ,ularni tahlil qilish , hisob–kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dastur hisoblanadi. Ushbu labaratoriya ishda MS Excel jadval muharririda gistogrammali, doiraviy, grafikli diagrammalarni berilgan jadvallar asosida hosil qilinadi.
Laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-Topshiriq. Tashkilot xodimlari to‘g‘risida jadvalli ma’lumot tayyorlang. Jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida hodimlarning oylik maoshini hisoblash jadvalini tuzing.
2-Topshiriq. Tashkilot xodimlarining 2022-2023 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.
3-Topshiriq. Tashkilotda 2019-2022 yillarda sarf qilingan xizmat xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotni diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
4-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilga nisbatan asosiy turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotni diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
5-Topshiriq. Respublikamizda mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotni diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
6-Topshiriq. Shahar okruglarida muzqaymoq sotish tushumi (million so‘m hisobida) to‘g‘risidagi ma’lumotni diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
Laboratoriya ishi hisobotining tarkibi: 1. Ish stolida o‘z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
2. Papka ichida – MS Wordda matnli hujjat “ism_laboratoriya_5” nomi bilan (hisobot) yarating.
3. Bajarilgan topshiriqlarni elektron manzilingiz (e-mail)ga yuboring va saqlang.