Validlik (inglizcha validity - xaqiqiy, yaroqli, kuchga ega bo‘lgan) - test nimani o‘lchayotganini va qanchalik yaxshi o‘lchayotganini ko‘rsatadigan tushuncha. Psixologik diagnostikada validlik metodika haqidagi ma’lumotlarning majburiy va eng muhim qismi bo‘lib, Validlik o‘z ichiga quyidagilar oladi:
test natijalarining sinovdan o‘tayotgan shaxs haqida har xil boshqa manbalardan olingan (kuzatish, ekspert baholar, ishonchliligi belgilangan boshqa metodikalar natijalari va x,.k.) ma’lumotlar bilan o‘zaro moslik darajasi haqidagi ma’lumotlar;
o‘rganilayotgan belgining rivojlanish istiqboli qanchalik asoslaiganligi haqidagi fikrlar; shaxsning o‘rganilayotgan xatti-harakatlari yoki o‘ziga xos xususiyatlarining muayyan psixologik tuzilmalar bilan bog‘liqligi.
Validlik, shuningdek, metodikaning kimlarga anik yo‘nalganligi (sinalayotganlarning yoshi, ta’lim darajasi, ijtimoiy-madaniy aloqadorligi va x.k. testdan foydalanishda olingan xulosalarning asoslanganlik darajasini ham tavsiflaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning muhim sifatlaridan biri ularning ishonchliligidir. Psixodiagnostik tadqiqot natijalari odatda ko‘plab xisobga olinmaydigan omillar ta’siriga uchraydi. Bular sinalayotganlarning emotsional holati, charchaganligi, xonaning yoritilganligi, sinovdan o‘tayotganlarning tekshirilishga va boshqa vaziyat o‘zgarishlariga tayyorlik darajasi va x.k. bo‘lishi hamda tekshirish natijalariga bir omillar ta’sirini kuchaytirishi yana boshqalarining ta’sirini zaiflashtirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |