5-ma’ruza: Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va usullari reja


Har qanday tadqiqotning o‘tkazilishida quyidagi umumiy xarakteristikalar bo‘lishi shart



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə13/14
tarix07.04.2022
ölçüsü181,5 Kb.
#54866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
5-ma’ruza Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va

Har qanday tadqiqotning o‘tkazilishida quyidagi umumiy xarakteristikalar bo‘lishi shart:

-har qanday tadqiqotning maqsad va vazifalari anik ifodalangan bo‘lishi, ya’ni tadqiqot o‘tkazish natijasida nimaga erishmokchi ekanimiz va buning uchun qanday masalalarni quyish va xal qilishimiz kerakligi anik ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur;

- bu vazifalarni xal qilish uchun mos metodlarni tanlash; -tadqiqot o‘tkazish rejasi;

- ma’lumotlarni kayd etish usullari;

- tahlil metodlari;

- tadqiqot natijalarini taqdim etish (jadvallar, grafiklar, matnlar ko‘rinishida).

Psihologik-pedagogik diagnostika metodlariga kelsak, ular bir qancha parametrlarga ko‘ra guruhlarga birlashtirilgan. Bu metodlarning eng keng tarqalgan tasniflari Y.Shvansar, V.K.Gayde va V.P.Zaharov, A.A.Bodalev va V.V.Stolin tomonidan amalga oshirilgan. Biz shulardan o‘zimizda olib boriladigan psixologik-pedagogik va logopedik diagnostika ishlariga ko‘prok mos keladigan psixodiagnostika metodlarining V.K.Gayde va V.P.Zaharov bo‘yicha tasnifiga batafsilroq to‘xtalamiz. Bu tasniflar mualliflari psixodiagnostika metodlarini quyidagi asoslar bo‘yicha tasniflaydilar:

1) sifati bo‘yicha: standartlash gan, standartlashmagan;

2) vazifasiga ko‘ra:

- umumdiagnostik (R.Kettell yoki G.Ayzenk surovnomalariga uxsh ash shaxs testlari);

- umumiy intellekt testlari;

- kasbiy yaroklilik testlari; -

- maxsus kobiliyatlar (texnik, musika, pilotlar uchun testlar) testlari;

- muvaffakiyatlar testlari;

3) sinovdan o‘tayotgan shasx ish olib boradigan material turi bo‘yicha:

- blankali;

- predmetli (Koos kubiklari, Veksler tuplamidan “shakllar tuzish ”);- appartli (diqqat xususiyatlarini o‘rgani ga mo‘ljallangan kurilmalar va x.k.);

4) sinovdan o‘tayotganlar soni bo‘yicha: individual va guruhiy;

5) javoblar shakli bo‘yicha: og‘zaki va yozma;

Quvvat testlarida murakkab masalalar quyiladi va ularni bajarish vaqti cheklanmagan bo‘ladi. Tadqiqotchini masalaning muvaffaqiyatli xal qilinishi ham, xal qilish usuli ham qiziqtiradi;

6) asosiy yo‘nalganligi bo‘yicha: tezlikka o‘tkaziladigan testlar, quvvat testlari, aralash testlar.

7) masalalarning bir xillik darajasi bo‘yicha: gomogen va geterogen (bunda gomogen masalalar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi va muayyan bir intellektual yoki shaxsiy belgini o‘lchash da qo‘llansa, testlarda har xil masalalar qo‘yiladi va intellektning turli xarakteristikalarini baholash uchun qo‘llanadi);

8) kompleksligi bo‘yicha: aloxida testlar va testlar tuplamlari (batareyalari);

9) masalalarga berilgan javoblar harakteri bo‘yicha: belgilangan javobli testlar, erkin javobli testlar;

10) psixik mazmunni kamrab olish sohasi bo‘yicha: shaxsga qaratilgan testlar va intellektual testlar;

11) aqliy xatti-harakatlar harakteri bo‘yicha: verbal, noverbal.

Diagnostika metodlari ulardan foydalanish shakli bo‘yicha ham farqlanadi. Bu tasnifga ko‘ra psixodiagnostika metodlari og‘zaki va yozma, blankli, predmetli, apparatli, kompyuter yordamida, verbal va noverbal bo‘lish i mumkin.

Diagnostika shakllarini tanlash mavjud texnik imkoniyatlarga (apparatura, kompyuter yoki oddiy kogozning mavjudligiga) bog‘liq, biroq shu bilan birga tadqiqot vazifalari bilan ham belgilanishi mumkin.

Batafsil individual tadqiqot uchun dialogik og‘zaki texnika, kompyuter qo‘llanishi mumkin, ommaviy tadqiqot olib borilganda esa blankli medodikalar ko‘prok to‘g‘ri keladi. Pedagog uchun materialni takdim etish usuli bo‘yicha metodikalarni verbal va noverbalga ajratish shunchaki rasmiy talab bo‘lib qolmay, ishning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Misol tariqasida Veksler metodikasini keltirish mumkin, unda verbal va noverbal intellekt ayri-ayri tekshiriladi.

Predmetli metodikaparda test vositasida topshiriladigan vazifalarining rag‘batlantiruvchi materiali sifatida kartochkalar, kubiklar, geometrik shakllar, xaykallar va x-k. qo‘llanadi. Misol sifatida Segen taxtalari, Koos kubiklari, Link kubi, Vigotskiy-Saharov testining rangli shakllarini keltirish mumkin. bu metodikalar odatda individual mash gulotlarda kUllanadi. Apparatlar va kompyuter yordamida o‘tkaziladigan tadqiqotlar ushbu texnika vositalaridan ta’minlanganlik darajasaiga va o‘tkaziladigan tadqiqot vazifalariga bog‘liq bo‘ladi.

Psixodiagnostik metodlarga qo‘yiladigan yana bir muhim talab - ularni standartlashtirish (inglizcha standart - namunali, normal) - tekshiruv o‘tkazish protsedurasi va test baholarini yagona normativga keltirish. Metodikani standartlashtirish tufayli ko‘plab sinovdan o‘tuvchilardan olingan natijalarni qiyoslash mumkin bo‘ladi.

Psixologik diagnostikada standartlashtirishning ikki xil shakli mavjud.



Birinchi shaklga ko‘ra standartlashtirish deganda quyidagi shartlarning bajarilishi ko‘zda tutiladi:

-tekshiruv o‘tkazish protsedurasiga ishlov berish va uni йat’iy reglamentga (tartibga) solish;

-yo‘l-yo‘riqlar, tekshiruv blankalari, natijalarni qayd etish usullari, tekshiruv o‘tkazish sharoitlarini unifikatsiyalash;

-sinovdan o‘tayotganlarning xarakteristikalari;

-tekshiruv protsedurasining йat’iy ketma-ketligi (bu test ishonchliligini ta’minlash va tekshiruv natijalarini baholash uchun test normalarini belgilashning majburiy shartidir).

Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun’iy ravishda normaga keltirilgan) baholar shkalasini yangi shaklaga o‘zgartirish tushuniladi. Bunda yangi shkala endilikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning mikdoriy empirik kiymatiga emas, balki sinovdan o‘tayotganlarni tanlash maqsadida natijalarni tao‘simlashda ushbu ko‘rsatkichning nisbiy o‘rniga asoslanadi.

Diagnostik tadqiqot protsedurasini standratlashtirishga quyiladigan talablari:

-sinovdan o‘tayotganlar yo‘l-yo‘riqlarni bir xil usulda, odatda yozma shaklda olishlari lozim; og‘zaki ko‘rsatmalar berish zarurati tug‘ilsa, ular turli guruhlarda hamma uchun birdek tushunarli bo‘lgan bir xil so‘zlar vositasida berilishi kerak;

-bironta ssinovdan o‘tayotgan shaxs boshqalarga nisbatan biron imtiyozga ega bo‘lmasligi kerak;

-tekshiruv jarayonida ayrim sinovdan o‘tayotganlarga qo‘shimcha tushintirishlar berilmaydi;

-tekshirilayotganlar bir necha guruhdan iborat bo‘lsa, hamma guruhlar kunning bir vaqtida bir xil sharoitlarda sinovdan o‘tkazilishi lozim;



-vazifani bajarishda hamma sinovdan o‘tayotganlar uchun bir xil vaqt chegarasi belgilanishi kerak va xk.


Yüklə 181,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin