5-ma’ruza: Idrok va Xayol haqida ummumiy tushuncha Reja


Xayolning asosiy xususiyatlari



Yüklə 170,37 Kb.
səhifə21/21
tarix10.05.2022
ölçüsü170,37 Kb.
#56993
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
5-Ma'ruza MI

Xayolning asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi.

Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi.

Ana shu paytdagi ehtiyojining ta’siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.

Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’lmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlarni ko’rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam ko’rganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.

Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya’ni yozuvchilar o’z asarlaridagi qaydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar.

Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Xayol tushunchasining mazmunini izohlang?

  2. Xayol jarayonlarining mohiyatini asoslang?

  3. Xayol turlarining mazmuni nimalar bilan belgilanadi?

  4. Xayol sifatlarining mazmuni nimalarda ko’rinadi?

  5. Xayolning xususiyatlarining mazmuni nimalar bilan belgilanadi?

  6. Xayol shakllarining mazmunini izohlang?

Yüklə 170,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin