-
rasm. Jun tolasi tiplari
A)Mayin, b) oraliq, v)o‘qloqsimon, g) o‘lik tola.1-sirti,2-oraliq,3-o‘zak
Hayvon junnini bahor faslida yaxlit holatda katta tutamda qirqib olingan tolalar massasiga Runo deb ataladi. Bu holatda jun tutami qo‘yidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
Junni teridan ajratib olishga qarab, jun quyidagi turlarga bo‘linadi.
Tabiiy jun - Mavsum paytida jonivorlar terisidan qirib olish natijasida barpo etilgan jundir.
Tullash davridagi jun- hayvonlar tullaganda tarab, junni yig‘ib olish.
Korxona sharoitdagi jun - Korxonada terilardan ximyaviy yo‘l bilan ajratib olingan jundir. Tabiiy holda junlar asosan qirib yoki qirqib olinadi. Kelib chiqishiga ko‘ra junlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Yilqi junni - Ushbu jun asosan so‘yilayotgan yilqilarni terisidan qirib yoki bahor va kuz mavsumda ulardan qirqib olinadi. Ushbu jun xalq xo‘jaligida asosiy manba’i hisoblanadi.
Echki juni - Ushbu jun nihoyat mayin hisoblanib, nihoyatda pishiq, yaltiroq hamda engil bo‘ladi. Ayniqsa kashmir, angor junlari yuqori sifatli hisoblanadi. Ularni kеng tarqalgan joyi SHimoliy Kavkaz, Azarbaydjan va Qozog‘iston hisoblanadi. Ushbu junlar asosan ko‘ylak, qo‘lqop trikotaj matolar tayyorlashda kеng qo‘llaniladi.
Tuya juni - Bu junni tuyalardan olinib, ularni uzunligi 40 - 60 mm ni tashkil etadi. Ular asosan O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiyani Volgograd va Saratov viloyatlarida etishtiriladi.
Ot va mol juni - Ushbu jun ancha uzunligi bo‘yicha kalta hisoblanadi (30 - 40 mm) qalinligi esa 40 - 70 mkm bo‘ladi. Boshqa junlarga qaraganda dag‘alroq hisoblanadi.
Kiyik juni - Bu junlar ancha kam еtishtirilib, undan asosan astar uchun qo‘llaniladi.
Quyon juni - ro‘mol tayyorlashda kеng qo‘llaniladi. Tullash davrida tarab yoki yulib olinadi.
Yilqi juni asosan xususiyatiga qarab, merinos nomerinos, ingichka, цigay dеgan turlarga bo‘linadi.
Tolasini qalinligi bo‘yicha esa - ingichka, yarim ingichka, yarim dag‘al va dag‘al turlariga bo‘linadi.
Tolalar qalinligi
|
Qalinligi
|
Uzunligi
|
Klassi
|
Ingichka
|
0 14 25 mkm
|
l = 20 130 ìì o‘zak qismi yo‘q
|
60k
|
Yarim ingichka
|
0 25, 1 31 mkm
|
l=20130mm momiq va oraliq jundan iborat
|
58 50k
|
Yarim dag‘al
|
31,1-40,0
|
-
|
48-44 k
|
Dag‘al jun
|
41,1 mkn va yuqori
|
-
|
40-32 k
|
Bahor faslida qirqib olinadigan jun ancha mayin hisoblanib, asosan xom to‘qima ipi uchun ishlatiladi. Kuz faslidagisi esa ancha dag‘al hisoblanib, astar uchun ishlatiladi. Barcha yilqilarni to‘rt gruppaga bo‘lib juni ajratiladi:
Ingichka mayin tur. - 0 14,5 25 mkm 80 60k
Yarim ingichka mayin tur. - 0 25,1 29 mkm 58 50k
Yarim dag‘al turi - 0 30 37 mkm 48 40k
Dag‘al turi - 0 38 67 mkm 36 32k
Jun tolasining fizik-mexanik xususiyatlari
Tola uzunligi – tolani tekislab uni chizg‘ich yordamida mm hisobida o‘lchash natijasida aniqlanadi. Mayin junlarning ingichka va uzunligi kam bo‘ladi. Nihoyatda tekis jun – bu merenos juni bo‘lib, uzunligi 19-120 mm bo‘ladi. Noteks uzunlikdagi jun – dag‘al bo‘lib, uning uzunligi 10-310 mm bo‘ladi. Ba’zan undan ham uzun bo‘ladi. Jun tolasining qalinligi chiziqli zichlik orqali aniqlanadi:
teks
bu erda:
m- tolalar vazni,gr
l – tola uzunligi, km
n- tolalar soni
Tolalaning buraluvchanligi. Tabiiy tolalar ichida faqat jun buraluvchanlik xususiyatiga ega. To‘lqinsimonlik darajasi 1 sm uzunlikdagi to‘lqinlar soni bilan aniqlanadi. Jundagi bu xususiyat qimmatli texnologik xususiyat bo‘lib, ulardan tayyorlangan mahslotlarni qayishqoqligi va xizmat qilish vaqtini uzuytiradi. 1 smda 7-12 ta buram ingichka tolalarda, 5 va undan kam yarim mayin tolalarda bo‘ladi.
Nisbiy uzulish kuchi,
Dostları ilə paylaş: |