5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə15/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
5-ma\'ruza

-rasm

Pillalarning shakli
a) sharsimon; b) oval; v) chuqur bellik silindr; g) silindr; d) cho‘zilgan silindr; e) bir uchi o‘tkir uchli; j) ikki uchi o‘tkir uchli.










a)

b)
















-rasm.

Pillalarning geometrik o‘lchamlari
a) ovalsimon bellik; b) ovalsimon belsiz

Pilla uzunligi, odatda, 24-40 mm va undan ortiqroq bo‘lishi mumkin, ko‘ndalang kesmining diametri 12-22 mm va undan kattaroq bo‘lishi mumkin. Pillaning yirik-maydaligi ipak qurtining zotiga, boqilish sharoitiga jinsiga bog‘liq bo‘ladi.


Pilla shaklini sonli ifoda etish uchun N.I.Jvirblis tomondan ingichkalanish va belchanlik darajasi tushunchasi kiritilgan.
Ingichkalanish darajasi deb - pilla uzunligini, yarimsharlar diametri o‘rtacha qiymatini nisbatiga aytiladi.

Belchanlik darajasi deb – pilla yarim sharlar diametrini o‘rtacha qiymatini bel diametri nisbatiga aytiladi.

Bu erda: D- pillaning uzunligi,mm
d1- katta yarim sharlar diametri,mm
d2-kichik yarim sharlar diametri,mm
dbel- bel diametri,mm
Pilla xajmini ham eksperimental, ham hisobiy usullarda hisoblash mumkin. Hisobiy usulda pilla shaklini analitik usulda tasvirlash murakkabligi uchun pillani shaklini geometrik ko‘rinishda silindrsimon yoki prizmaga o‘xshash shaklda deb quyidagi formula orqali pilla xajmi hisoblanadi:
sm3
yoki sm3
Bu erda: d – yarim sharlar katta diametri, sm
D- pilla uzunligi, sm
Pillani xajmini bilish, pillani chuvish jarayonida bir qancha tashkiliy (saqlash omborlarini hisoblash, pillani tashish, joylash va xokazo) ishlarini samarali bajarishda yordam beradi.
Pillani xajmi asosan v=5,5-12,7 sm3
Pillani юzasi xajmidan 2,5-2,7 marta ko‘p bo‘ladi.
S= VK
(K – proportsionallik koeffisienti 2,5-2,7 ga teng)
Tirik pillani vazni qurt pilla o‘rashdan boshlab to‘qqizinchi kuni tortilgan pillaning vazniga aytiladi. Tirik pilla 1,2-3,2g quruq pilla 0,32-1,25 g gacha bo‘ladi.
Pillaning donadorligi. Pillaning юza qismi g‘adir-budir (donador) tuzilishga ega bo‘lib, ichiga kirib borgan sari g‘adir-budiri kamayib silliqlashib qoladi. Donalarning katta kichikligi pillaning zotiga, qobiq zichligi va boqish sharoitiga bog‘liq. Donalarning katta kichikligiga qarab, mayda, o‘rta, yirik va yoyilib ketgan donadorlikka ajratiladi. Donadorlik- 1sm2 pilla qobig‘i юzasidagi, donalar soni bilan ifodalanadi. Pilla zot va durugayiga qarab, 1 sm2 dagi donalar soni 50-150 gacha bo‘lishi mumkin. Agar pilladagi donachalar mayda va aniq ko‘rinsa bunday pillalar zich va qattiq qobiqli bo‘lib, ipakdorligi va chuvilishi yaxshi bo‘ladi.
Pilla qobig‘ining qalinligi - zoti, duragayi, yirik maydaligi, vazni, zichligi va boqilish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, qobig‘ining ayrim joylarining qalinligi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, T-3 pillalar qobig‘ining qalinligi barcha kalibrlar uchun o‘rta hisobda, bosh va tag yarimsharlar uchki qismi 0,19 mm, bosh va tag yarim sharlar qismi 0,25 mm va bel qismi 0,45 mm.
Har bir ipak tola diametri 0,3-3 mkm keladigan mahkam ulangan tolachalar – fibrillardan tuzilgan. Pilla ipining uzunligi- umumiy va uzluksiz uzunlikka farqlanadi.
Umumiy uzunlik - uzilishlar sonidan qat’iy nazar bitta pillaning boshlanishidan oxirigacha chuvilgan ip uzunligi. Bu uzunlik 1200-1500 metrni tashkil etadi.
Uzluksiz uzunlik - pillani boshlanishidan birinchi uzilishgacha bo‘lgan uzunlik. Bitta pilla chuvilganda uzluksiz uzunligi quyidagicha aniqlanadi:
Luu=
L- pilla ipining umumiy uzunligi
pilla ipining uzilishlar soni.

Pilla ipining eng muhim sifat ko‘rsatkichi uning ingichkaligidir. Ingichkalikni nomer orqali ifodalash qabul qilingan.


Nomer deb - 1 gr ipning uzunligiga aytiladi.

bu erda:m-ipning vazni, g.l- ipning uzunligi,km
Hozir to‘qimachilik sanoatida nomer o‘rniga yo‘g‘onlik ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Yo‘g‘onlik shartli ravishda teks bilan belgilaniladi.
Teks deb – bir kilometr uzunlikdagi ipning vazniga aytiladi.
, teks
Teks bilan nomer orasidagi bog‘lanish
T N = 1000
Pilla zotiga qarab pilla ipi tolasining nomeri 2500 dan 3600 gacha (0,28-0,40 teks) bo‘ladi.
Ipak tolasining mexanik xususiyatlaridan to‘qimachilik sanoati uchun eng ahamiyatlisi uning mustahkamligi va cho‘ziluvchanligidir:
Tolaning mustahkamligi deb, tolani uzish uchun sarf qilingan kuchning miqdoriga aytiladi. 1 mm yo‘g‘onlikdagi ipak tolasi 45-50 kg юkni ko‘tara oladi.
Ipning to uzilganiga qadar uzayishi cho‘zilish deb ataladi. Ipak tolasi juda ham cho‘ziluvchandir. Ipak tolasi, dastlabki uzinligidan 24% ga qadar uzilmay cho‘zila oladi.
Pilla ipining zichligi o‘rtacha 1,33-1,34 mg/mm3 ni tashkil qiladi.
Ipakni 1400S ga qadar qizdirsak, u o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Serisin suvda eriydi. Fibroin erimaydi.
Tabiiy ipak nihoyatda gigroskopikdir. U havodagi namni o‘ziga 30% ga qadar shimib oladi.
Pilla ipi - ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bеzidan chiqadigan fibroin, toq chiqarish yo‘lida birga qo‘shilmay, tashqariga ikki oqim ko‘rinishda chiqadi, shunga ko‘ra pilla ipi sеrisin bilan qoplangan va еlimlangan ikki toladan iborat bo‘ladi. Pilla ipining ko‘ndalang kеsimi kichik tomonlari juftlashtirilgan, uchlari dumaloqlangan ikkita uch burchakni yoki eng tor qismi bo‘yicha ko‘ndalangiga ikki tеng bo‘lakka bo‘lingan noto‘g‘ri elipsni eslatadi (3-rasm).




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin