5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə18/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
5-ma\'ruza

O‘zbekistonda boqilayotgan qo‘y va echkilar boshi(ming bosh hisobida, 1999 yil ma’lumoti) 7-jadval

Viloyatlar nomi

Barcha toifadagi xo‘jaliklarda

Aholida

Fermer-larda

Qishloq xo‘j/jamoal.

Qashqadaryo

2034

285,4

8,3

175,5

Navoiy

1236

241,6

20,1

973,7

Surxandaryo

1097

699,9

25,8

371,3

Samarqand

965,2

647

20

298,2

Jizzax

888

515,9

16

356,1

Buxoro

867,7

537,6

13,4

316,7

Andijon

542,5

441,5

10,2

90,8

Namangan

493,4

403,5

3,9

86

Qoraqalpog‘iston

469,2

285,4

8,3

175,5

Toshkent

453,2

293,8

18,3

141,1

Farg‘ona

396,4

310,7

6

79,7

Xorazm

213,5

187,2

2,4

23,9

Sirdaryo

114,8

107,2

3

4,6

Jami

9771

6025

173

3573

Xonaki va yovvoyi xayvonlar terisida joylashgan tola qotlami jun bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Xayvonlardagi jun tolalari embrionlik davridan rivojlanadi. Jun uch qismdan iborat: piyozcha, ildiz va sterjendan. Sterjen terining ustki qismida, ildiz teri ichida va piyozcha ildiz davomida joylashgan. Piyozcha tagida so‘rg‘ich joylashgan bo‘lib, uning tagida junni shakllantiruvchi kataklar qavati joylashgan. Piyozchadagi kataklar bo‘linishi hisobiga jun o‘sadi. Sterjen o‘lik kataklardan tashkil topgan. Ildiz va piyozcha oldida yog‘ bezlari va undan pastroqda ter bezlari bor. YOg‘ bezlaridan chiqayotgan yog‘ chiqarish yo‘llaridan tashqariga chiqib, tolani o‘rab oladi. U junni mexanik zararlanishdan, atmosfera ta’siridan saqlaydi (26-rasm).








rasm. Junning tuzilishi.

  1. Piyozcha; 2-Ildiz;3-Sterjen; 4-Yog‘ bezlari; 5-Ter bezlari; 6-Teshikchalar; 7-Joydashish yuzasi

Ter bezlari ajratib chiqayotgan ter yog‘ bilan qo‘shilib teryog‘ hosil bo‘ladi. Ularning miqdori xayvonlarning zotiga bog‘liq. Masalan mayin jun tarkibida 11% yog‘ va 7% ter bo‘lsa, dag‘al junda 4% yog‘ va 8% ter bo‘ladi. Jun qatlami ko‘ndalang kesmi bo‘yicha uch qatlamdan iborat: sirtqi, ichki va o‘zak ( -rasm).







-rasm. Jun tolasi qirqimi.
1-Sirtki qatlam,2-ichki qatlam,3-o‘zak



Sirtqi qatlami - tolani tashqi qatlamini tashkil etadi. Bu qatlam xalqasimon ravishda joylashgan bo‘lib, 1 mm uzunlikdagi tolada 40-50 ta xalqalar mavjud. Tolaning tovlanishi xalqalar shakli va joylashishiga bog‘liq. Agar xalqalar yirik vatolada zich joylashgan bo‘lsa tola yaxshi tovlanadi. Bu qatlam tolani mexanik zararlanishdan va atmosfera ta’siridan saqlaydi.
Ichki qatlam - sirtqi qatlamdan so‘ng joylashgan bo‘lib, qalinligi 3 - 10 mkm ni, uzunligi esa 80  100 mkm li urchuqsimon katakchalardan tashkil topgan. Katakchalar tolalar o‘qiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan Bu qatlamda bo‘yovchi moddalar mavjud bo‘lib, pigmentni tashkil etadi.
O‘zak qatlam - ushbu qatlam barcha turdagi junlarda bo‘lavermaydi. Bu qatlam yupqa bo‘sh kataklardan tashkil topgan bo‘lib, havo bilan to‘lgan. Junni dag‘alligi qancha oshsa, uni o‘zak qatlami oshib boradi. Mayin junda u bo‘lmaydi.
Jun tolalari tashqi ko‘rinishi, xususiyati, hamda ichki tuzilishi bo‘yicha: mayin jun tipi, oraliq, o‘qloqsimon va o‘lik tola tipiga bo‘linadi.
Mayin jun tipi - Ushbu jun tipi qalinligi 30 mkm gacha bo‘lib, u juda mayin bo‘ladi. Bu turdagi junda faqatgina sirtqi va ichki qatlam mavjud xolos. Bunday turlardan yuqori sifatli matolar to‘qiladi.
Oraliq jun tipi - Ushbu jun tipi mayin va o‘qloqsimon tiplar orasida joylashgan bo‘lib, uni qalinligi 30-50 mkm ni tashkil etadi.
O‘qloqsimon jun tipi - Ushbu tipdagi junni qalinligi 50  150 mkm ni tashkil etadi. Bu jun tipi 32 qatlam sirtqi, ichki va o‘zak qatlamlardan tashkil topgan.
O‘lik tola tipi - Ushbu jun tipi nihoyat dag‘al bo‘lib, o‘zak qatlami katta miqdorni salkam 90% ni tashkil etadi. Bu tolalar qalinligiga qaramay nozik, sinuvchan bo‘ladi. Bunday jun tiplari dag‘al va yarim dag‘al junlarda uchraydi.








Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin