MTH ning hayallash vaqti
Tanlash xususiyatini ta’minlash uchun MTH larning hayallash vaqtlari
iste’molchilardan manbaga tomon yo’nalishda ortib boradigan qilib tanlanadi.
Ikkita qo’shni MTH larning hayalash vaqtlari orasidagi farqqa vaqt pog’onasi
yoki tanlash pog’onasi deb ataladi.
Agar MTH RT-40 turdagi elektromagnit tok relelari asosida bajarilgan bo’lsa
tanlash pog’onasi t=0,5 s olinadi.
Bir tomondan manbaga ulangan (radial) elektr tarmog’ining sxemasi va MTH
larning tanlash xaritasi (5.2-rasm)da keltirilgan.
Elektr ta’minotining manbasi 6ga W1 va W2 elektr uzatish liniyalari hamda
Yu1-Yu4 yuklamalar ulangan. Har bir liniya va yuklama A1-A6 masimal tok
himoyalari yordamida qisqa tutashuvlardan himoya qilinadi. Har bir MTH o’z
hayallash vaqtiga G ga, masalan, A1 MTH ning hayallash vaqti t1, A6 niki esa t
6
.
Agar yuklamalar MTH larining hayallash vaqtlari t
3
, t
4
, t
5
va t
6
ma’lum bo’lsa
A1 va A2 MTH larining hayallash vaqtlari t
1
va t
2
quyidagicha aniqlanadi.
Masalan K3 nuqtada qisqa tutashuv bo’lsa A3 himoya ishlab Q3 viklyuchatelni
uzish uchun signal berish kerak. Qisqa tutashuv toki manba G dan K3 nuqtaga
yo’nalgan bo’lib W1 va W2 liniyalardan ham o’tadi, A1 va A2 MTH lar ham
ishga tushadi. Lekin ularning vaqt relelari o’z kontaktlarini ulab
ulgurmasliklari, ya’ni t
1
>t
3
va t
2
>t
3
bo’lishi kerak.
Agar t
2
3
bo’lsa avval A2 himoya ishlaydi va Q2 viklyuchatel uziladi,
natijada shikastlanmagan yuklama Yu4 elektr manbasidan uziladi. Bunday holga
yo’l qo’ymaslik zarur. Xuddi shuningdek K6 nuqtada qisqa tutashuv bo’lganda
A2 himoyadan avval A6 himoya ishlashi zarur, ya’ni t2>t6 bo’lishi kerak.
Demak t2=max(t3;t6)+Dt bo’lishi kerak. SHunga o’xshash A1 himoyaning
hayallash vaqti A2 va A5 himoyalarning hayallash vaqtlaridan katta bo’lishi
kerak, ya’ni t1=max(t2;t5)+Dt.
5.2-rasm. MTH ning hayallash vaqti
|