5-ma’ruza.. Tok himoyalari. Maksimal tok himoyasi
Reja:
1.Elektr uzatish liniyalarida qo’llaniladigan asosiy himoyalar.
2.Tok himoyalari
3.Maksimal tok himoyasi (MTH)
4.MTH ning hayallash vaqti
Tayanch so’z va iboralar
Tok
ximoyasi, maksimal tok himoyasi, tok otsechkasi,
tanlash xususiyati,
tanlash pog’onasi, bir tomondan manbaga ulangan linyalarning MTH si, tanlash
pog’onasi
Elektr uzatish liniyalarida asosan quyidagi himoyalar qo’llaniladi.
1. Tok himoyalari.
Tok himoyasi deb himoyalanayotgan ob’ektda tok oldindan
belgilangan ma’lum qiymatlar chegarasidan chiqqanda
ishlaydigan himoyaga
aytiladi. Tok ortganda ishlaydigan tok himoyalari maksimal tok himoyasi (MTH)
(oddiy va yo’naltirilgan) hamda tok otsechkasi (TO) ga bo’linadi va ular elektr
qurilmalarni himoya qilishda asosiy yoki rezerv himoya sifatida keng qo’llaniladi.
2. Differentsial himoyalar
. Differentsial himoyalar bo’ylama va ko’ndalang
diferentsial himoyalarga bo’linadi. Bo’ylama differentsial himoyaning ishlash
printsipi himoyalanayotgan ob’ektning kirishi
va chiqishidagi toklarni
taqqoslashga asoslangan. Bo’ylama differentsial himoya asosiy elektr qurilmalar va
uzunligi 20 km gacha hamda kuchlanish 35 kV va undan yuqori elektr uzatish
liniyalarida qo’llaniladi. Ko’ndalang differentsial himoya parallel liniyalardagi
toklarni taqqoslashga asoslangan va uzunligi katta parallel liniyalarda qo’llaniladi.
3. Masofa himoyalari
.
Masofa himoyalarining ishlash printsipini umuman
olganda himoya o’rnatilgan nuqtadagi kuchlanish
va tokning nisbati, ya’ni qisqa
tutashuv nuqtasigacha bo’lgan qarshilikni o’lchashga asoslangan. Masofa
himoyalari, asosan, qishloq elektr tarmoqlarida qo’llaniladi.
Maksimal tok himoyasi
Qisqa tutashuv hosil bo’lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu
belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok
himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan ma’lum
qiymatdan ortganda
ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo’linadi. Ular
orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning
tanlash xususiyati hayallash vaqtini to’g’ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati
esa ishga tushish tokini to’g’ri tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. MTH
maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan,
TO esa
himoyalanayotgan ob’ektning so’nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan
chetlashtiriladi.
Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya
bo’lib hisoblanadi va har bir liniyaning
manba tomondan hisoblaganda
boshlanishga o’rnatiladi.
5.1-rasm. Liniya MTH sining sxemasi
MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 5.1-rasmda 10
kVli liniya MTH sining sxemasi ko’rsatilgan. Normal rejimda TA tok
transformatorining ikkilamchi cho’lg’amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va
KA3 ning ishlashi uchun yetarli emas, shuning uchun MTH ishlamaydi. Agar,
masalan, W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo’lsa TA ning ikkilamchi
cho’lg’amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo’lsa KA1 va KA2
relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo’lsa ikkalasiishlaydi va uzlarining KA1.1
va (yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho’lg’amidan
tok o’tadi va ma’lum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq
rele KL ning cho’lg’amidan tok o’tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi.
Viklyuchatel Q ning asosiy kontaktlari ulangan holatda
uning yordamchi kontakti
SQ ham o’langan bo’lishi sababli uzish elektromagnitini cho’lg’ami YAT dan tok
o’tib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W liniya manbadan ajratiladi.