5-Mavz: inson ekologiyasi


-rasm. Inson mehnati faolitining tabiatga ta’siri omillari



Yüklə 281,21 Kb.
səhifə2/5
tarix26.12.2023
ölçüsü281,21 Kb.
#197726
1   2   3   4   5
Atrof-muhit M-2 (5)

4-rasm. Inson mehnati faolitining tabiatga ta’siri omillari


va shakllari.
O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni taminlash strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va Konstitutsiyasida belgilangan hayotiy zarur manfaatlaridan kelib chiqadi.
- Shaxsning hayotiy zarur manfaatlariga:

    • insonning hayot faoliyati uchun optimal ekologik sharoitlarni taminlash, aholi salomatligini himoya qilish kiradi;

Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:

Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:

    • barqaror rivojlantirish, regionda ekologik vaziyatning barqarorligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

    • iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ilmiy-texnik rivojlantirishning yuqori darajasini taminlash;

    • milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O‘zbekistonning kollektiv xavfsizlik va hamkorlikning regional va global tizimlari tarkibiga tabiiy qo‘sxilishini taminlash kiradi.

Har bir alohida mamlakatda ekologik xavfsizlikni taminlashning ustuvor yo‘nalishlari mavjuddir. O‘zbekistonda, bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash borasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshdi.
Ekologik xavfsizlikni taminlash va ekologik tahdidlarning oldini olish uchun O‘zbekistonda birinchi navbatda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. Tabiiy resurslardan, shu jumladan, suv, yer, mineral xom ashyo va biologik resurslardan kompleks foydalanish;

  2. Respublika hududida atrof-muhit ifloslanishini ekologo- gigienik va sanitar me’yorlargacha kamaytirish;

  3. Ekologik falokat zonasi-Orol bo‘yida, shuningdek, mamlakatning boshqa ekologik nomaqbul hududlarida ekologik holatni tiklash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

  4. Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi, oziq mahsulotlari, dori-darmonlar bilan taminlash;

  5. Ekologik toza va kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish;

  6. Ekologiya sohasida ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish;

  7. Aholining ekologik ta’limi, madaniyati, tarbiyasi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishi;

  8. Ekologik halokatlar, ofatlar, favqulodda vaziyatlar, avariyalarning oldini olish va oqibatlarini tugatish;

  9. Ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlatish va boshqalar.



Yüklə 281,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin