5-Mavz: inson ekologiyasi


Atrof-muhit va demografik siyosat



Yüklə 281,21 Kb.
səhifə3/5
tarix26.12.2023
ölçüsü281,21 Kb.
#197726
1   2   3   4   5
Atrof-muhit M-2 (5)

1.Atrof-muhit va demografik siyosat


Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvi rol o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Ekologik qonunchilikning maqsadi insonlarning salomatligi, mehnat va maishiy sharoitlari to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilish hisoblanadi.
Ekologik qonunchilik bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining normalari ekologik qonunchilikning asosini tashkil qiladi. 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublika Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanib, hamma uchun majburiy va oliy yuridik kuchga egadir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50- moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu talabga ko‘ra O‘zbekistonning har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to‘la amal qilishi shartdir.
Asosiy qonunning 54-moddasiga ko‘ra, jamiyatning iqtisodiy negizlaridan biri bo‘lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga mos ravishda e’tirof etiladi. Lekin, mulkdor o‘z xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf yetishi hech qachon ekologik muhitga, ya’ni atrof-muhit holatiga zarar yetkazmasligi kerak.
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
Umummilliy boylik tushunchasi O‘zbekiston konstitutsiyalari tarixida birinchi bor qo‘llanilgan bo‘lib, u barcha turdagi mulk shaklini inobatga oladi. Lekin barcha tabiiy obyektlar o‘zbek xalqining mulki bo‘lib, uni O‘zbekiston Respublikasi ilk bor mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldi. Endilikda milliy boylik bo‘lgan barcha tabiiy zahiralardan o‘ta samaradorlik bilan foydalanish mamlakatimiz rivojining zaminidir. Shuning uchun ham davlat ularni o‘z muhofazasiga oladi.
Konstitutsiyaning 100-moddasiga binoan ilk bor shahar, tuman, viloyat mahalliy hokimiyatlariga o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linma- larida atrof-muhitni muhofaza qilish vakolati topshirilgan. Ularda yashovchi aholini ekologik jihatdan xavfsizligini taminlash, iqtisodiy-ekologik tadbirlarni uyg‘unlashtirish, hamda kelajak istiqbollarni belgilash maqsadida tabiiy obyektlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini tegishli hududlar bo‘yicha ishlab chiqish, ulardan foydalanish, egallash, ijaralash va mulk sifatida berish huquqini yaratdi, nazorat-javobgarlik mexanizmini takomillash- tirishga imkon berdi
Ilmiy-texnik taraqqiyot va uning bilan bog‘liq tabiiy muhitning buzilishi muhofazani kuchaytirish, alohida resurslardan foydalanishni huquqiy tartibga solish uchun «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» (1993); «Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» (1993); «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» (1996); «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» (1997) va boshqa qonunlar qabul qilingan. Mavjud qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning ekologik huquqlariga katta o‘rin berilgan.
Zaharli chiqindilarni tashlash natijasida ekinlarni, baliqlarni nobud qilish, tabiiy obyektlarni buzish, yetkazilgan zarar uchun korxonalar, mansabdor shaxslardan va fuqarolardan belgilangan tartibda tovon pulini undirish majburiydir.
Mavjud qonunchilikda tabiatdan oqilona foydalanish, yangi, kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Asosiy qonunda tabiatdan umumiy va maxsus yo‘sinda foydalanish shartlari berilgan. Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish-tabiat qo‘ynida dam olish, baliq ovlash, o‘simliklar terish va boshqalar fuqarolar uchun tekinga, hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus foydalanish korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘ziga xos faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslardan haq olib va maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoqi ijaraga beriladi. Tabiiy resurslardan foydalanishda maxsus me’yorlar (limit) belgilanadi. Tabiatdan foydalanishda ijaraga olish, litsenziya, shartnoma va boshqa Shakllari mavjuddir. Tabiatdan foydalanish talab va me’yorlar darajasida bo‘lmasa ruxsatnomalar va ijara shartnomalari bekor qilinadi va tabiatdan foydalanuvchi keltirilgan zararni qoplashi majbur bo‘ladi.
Atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazadigan faoliyat, ekologik qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 47-moddasiga ko‘ra:

  • tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarni buzishda, shu jumladan, korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoqi ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtai nazardan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;

  • tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;

    • tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitga zararli moddalar chiqarganlik va oqizganlik, qattiq chiqindilar joylashtirganlik, bu muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun belgilangan xaqni to‘lashdan bosh tortganlikda;

    • tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;

    • atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf yetish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda;

    • tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda;

    • alohida muhofaza qilinadigan hududlar va obyektlarning huquqiy tartibotini buzganlikda;

    • ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek, radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;

    • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga to‘sqinlik qilinganda;

    • atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to‘g‘risidao‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar».

Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

    1. jarima;

    2. ma’muriy huquqbuzarlikni sodir yetish quroli hisoblangan yoqi bevosta shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;

    3. muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (masalan, ov qilish huquqidan) mahrum yetish.

Ekologiya sohasidagi ijtimoiy xavfli, og‘ir oqibatlarga olib keladigan qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Tabiatdan foydalanish talablarini qo‘pol buzish, atrof- muhitning ifloslanishi oqibatida aholining ommaviy kasallanishi yoxud nobud bo‘lishi; hayvonlar, parrandalar, baliqlarning qirilib ketishi; suv yoqi suv havzalaridan foydalanish tartibini buzish;
«qizil kitob» ga kiritilgan turlarni nobud qilish va boshqalar shunday jinoyatlarga kiradi.
Ekologik jinoyat sodir yetishda aybli deb topilgan Shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

  1. jarima;

  2. muayyan huquqdan mahrum qilish;

  3. ahloq tuzatish ishlari;

  4. qamoq;

  5. ozodlikdan mahrum qilish.

Qo‘shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo‘llanilishi mumkin.
Ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish katta ahamiyatga egadir. Bunda aholi o‘rtasida zarur ta’lim-tarbiya, targ‘ibot ishlarini muntazam olib borish, ommaviy axborot vositalarida bu masalalarni yoritib borish ijobiy natijalarni beradi.


Yüklə 281,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin