5-mavzu. Allel va noallel genlar va ularning o‟zaro ta‟sirida belgilarning irsiylanishi. Pleyetropiya. Reja


Miqdoriy belgilar genetikasi. genlarning kombinirlangan tipdagi ta‟sirida miqdor



Yüklə 425,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü425,28 Kb.
#113668
1   2   3
5-mavzu. alllel va noallel genlar va ularning o`zaro tasirida belgilarning irsiylanishi. Pleyetropiya

Miqdoriy belgilar genetikasi. genlarning kombinirlangan tipdagi ta‟sirida miqdor 
belgilarining irsiylanishi. Bundan oldingi mavzularda genlarning o’zaro komplementar, epistaz va 
polimeriya ta‘sirida organizmlarning sifat belgilarining irsiylanishi bilan tanishgan edik. 
Ma‘lumki, organizmlarda sifat belgilardan tashqari, juda ko’p miqdoriy belgilar ham mavjud. 
Ularning rivojlanishi va irsiylanishi murakkab asosga ega. Bunday belgilar poligenlar ta‘sirida 
irsiylanishi sababli, g’
2
dagi fenotipik sinflar orasidagi chegara aniq ko’zga tashlanmaydi. Shuning 
uchun ham g’
2
da miqdoriy belgilar bo’yicha kombinativ o’zgaruvchanlik uzluksiz holatda ro’yobga 
chiqadi. 
Miqdoriy belgilar qatoriga hayvonlarning tana vazni, sut miqdori, sutning yog’liligi, 
o’simliklarning bo’yi, hosildorligi, ular urug’lari (don)ning og’irligi kabilar kiradi. Ularni o’lchash, 
sanash, tortish kabi usullar orqali o’rganib, ularga miqdoriy baho beriladi. Shuning uchun ularni 
miqdoriy belgilar deb ataymiz. 
Amerikalik olim YE. M. Ist makkajo’xori so’tasidagi donlar joylashgan qatorlar soni har xil 
bo’lgan navlarini o’zaro chatishtirib, olingan duragay avlodlarida bu belgining irsiylanishini 


o’rgandi. Tajribada olingan dalillarni tahlil qilgan Ist, bu belgining uch juft polimer genlar faoliyati 
ta‘sirida rivojlanishi va irsiylanishini ko’rsatdi. Uning fikricha, chatishtirish uchun olingan ona 
sifatidagi nav so’tasidagi donlar qatori 20 ta bo’lib, genotipi-A
1
A
1
A
2
A
2
A
3
A
3
. Ota sifatida olingan nav 
so’tasida don qatorlarining soni 8 ta bo’lib, uning genotipi-a
1
a
1
a
2
a
2
a
3
a
3
bo’lgan. Ularni 
chatishtirishdan olingan g’
1
dagi o’simliklar so’tasida don qatorlarining soni 14 ta bo’lgan. Ularning 
genotipi A
1
a
1
A
2
a
2
A
3
a
3
ko’rinishida bo’lib, g’
2
da genotip bo’yicha ajralishi mumkin bo’lgan sinflarni 
ulardagi polimer genlar dominant alellarining soniga qarab, yettita sinfga ajratish mumkin. Ularning 
umumlashtirilgan genotipik formulasini va fenotiplarini quyidagicha ifodalash mumkin. 
1. 
6A 1 20 qator don. 
2. 
5A1a 6 18 qator don. 
3. 
4A2a 15 16 qator don. 
4. 
3A3a 20 14 qator don. 
5. 
2A4a 15 12 qator don. 
6. 
1A5a 6 10 qator don. 
7. 
6a 1 8 qator don. 
Shunday qilib, g’
2
dagi o’simliklar genotipida 6 ta dominant allel (6A) bo’lsa, so’tada 20 qator 
don rivojlangan; agarda 6 ta resessiv allel (6a) bo’lsa, so’tada faqat 8 qator don rivojlangan. Bu ikkita 
fenotipik sinfning har biri g’
2
dagi o’simliklarning 1 64 qismini tashkil etadi. Demak, g’
2
o’simliklari 
so’tasidagi don qatorlarining soni ularning genotipidagi polimer genlarning dominant allellari soniga 
bog’liq holda rivojlanadi. 
Miqdoriy belgilarning irsiylanishida transgressiya hodisasi ham kuzatiladi. Transgressiya 
deb, g’
2
duragay avlodlarda ajralish tufayli hosil bo’ladigan o’zgaruvchanlik doirasining ota-ona 
hamda g’
1
dagiga nisbatan keng bo’lish hodisasiga aytiladi. Bu hodisa evolyutsiya va seleksiyada 
katta ahamiyatga ega. Chunki, transgressiv o’zgaruvchanlik tufayli tabiiy tanlanish va sun‘iy 
tanlashning samaradorligi oshadi. Transgressiya ikki xil-ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Mazkur 
miqdoriy belgi bo’yicha g’
2
da ota-ona organizmlaridagiga nisbatan yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan 
organizmlar miqdori ijobiy transgressiya va aksincha, ularga nisbatan past ko’rsatkichga ega bo’lgan 
g’
2
o’simliklari soni esa, salbiy transgressiya ko’rsatkichlari hisoblanadi. 
Transgressiyaning genetik mohiyati bilan quyidagi umumlashtirilgan misolda tanishish 
mumkin. Chatishtirilayotgan ota-ona organizmlarining tahlil qilinayotgan belgisi uchta noallel genlar 
ishtirokida rivojlanadi, deb qaraylik. Ona organizmining genotipini AAVVss va ota organizmning 
genotipini aabbSS tarzida belgilaylik. Ularni chatishtirish natijasida olingan g’
1
trigeterozigotali 
bo’lib, AaVbSs genotipiga ega bo’ladi. g’
2
dagi organizmlar genotipidagi polimer genlar dominant 
allellarining soniga qarab, yettita sinfni ajratish mumkin. Ularning miqdoriy nisbati 1:6:15:20:15:6:1. 
Bayon etilgan jarayonni quyidagicha ifodalab yozish mumkin. 
R. 
(dominant 
allellar4 ta) 

(dominant 
allellar 2ta) 
AABBcc 
aabbCC 
g’
1
AaVbCs-(dominant allellar 3ta) 
G’
2
dagi ajralish. 
G’
2
dagi AAVVSS (oltita dominant allellar) genotipiga ega bo’lgan organizmlarda ijobiy 
transgressiya kuzatiladi. Chunki ular, ushbu miqdoriy belgi bo’yicha, har ikki ota-ona organizmlarga 
nisbatan ustun bo’ladi. 
Dominant allellar soni 







Fenotiplar 
miqdoriy 
nisbati 


15 
20 
15 




G’
2
dagi aabbss (dominant allellar yo’q) genotipiga ega bo’lgan 
organizmlardagi mazkur miqdoriy belgi bo’yicha ko’rsatkich, har ikki ota-ona 
organizmlarining ko’rsatkichlaridan juda past bo’ladi. 

Yüklə 425,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin