Portfelii tahlilning asosiy bosqichlari
6.1 -rasmda sxema tarzida berilgan tahlil BSS-nomzodlar baho- lanadigan maqsadlar va mezonlaming uchta ro‘yxati tuzilishidar boshlanadi (1-sonli maydonga qarang).
0‘rta va uzoq muddatli davrda tashkilot erishishga intilgan faoliyat tavsiflarini belgilaydigan maqsadlar.
Tashkilot maqsadlarining ro‘yxati shu paytga kelib raqobat- chilik tahlili davomida tuzilgan bo'ladi. Portfelli tahiilda u diver- sifikatsiyaning har xil turlarining tegishli maqsadlarga erishishga kiritgan hissalarini aniqlash uchun qo‘llanadi.
Diversifikatsiyaning odatdagi maqsadlari o‘sish, foydalilik va texnik va siyosiy omillar nuqtai nazaridan strategik zaifligining kamayishi bo‘ladi.
«Kirish/chiqish xarajatlari» mezoni tashkilotning yangi biznes sohasiga kirish uchun qabul qilishga tayyor bolgan shartlarni belgilab beradi. Bunga ko‘pincha tashkilot tarmoqqa kirish xarajatlarini qoplashni rejalashtirayotgan sarmoyani qaytarish davri (yoki investitsiyalami qaytarishning boshqa muddati, masalan ichki qaytarish normasi) kiradi.
Diversifikatsiya biron bir tashkilotni qo‘shib olish vositasida amalga oshmlgan hollarda mezonlar ro‘yxatiga tashkilot tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘!gan bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromadning maksimal darajada kamaytirilishi kiritiladi, yoki sotib olishdan so£ng aksiyalar rahbariyat qo‘shib olinayotgan tashkilot ustidan nazoratni yo‘qotmaydigan tarzda taqsimlanishi lozimligini ko‘rsatuvchi boshqa mezon ko‘rsatiladi.
Diversifikatsiya tavakkalchilikning oshishi bilan bogMiq bo‘lgani uchun, navbatdagi mezon tanlangan soha tark etilganda tashkilot sarflashga tayyor bo‘lgan chiqish xarajatlaridan iborat bo‘lishi lozim. Mazkur xarajatlar tashkilotning xalqaro faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Bunga Amerika tashkilotlari milliy qonunchiligida shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq yuqori xarajatlar ko‘zda tutilgan davlatlarda o‘z faoliyatini qisqartirish jarayonida boshidan kechirgan katta yo‘qotishlar misol bo‘la oladi.
Sinergizm mezoni nomzod sohalarning qanday xususiyatlari tashkilotning mazkur portfeliga oid boshqa elementlar bilan umumiy bo‘lishi lozim. Ular tashkilot diversifikatsiyaga bog'liq ravishda o‘z bo‘linmalari orasida saqlashi lozim bo‘lgan umumiy yo‘nalishlar deb ham ataladi.
zaruratiga duch kelganlarida nafaqat bunday zarurat yuzaga kelishini oldindan ko‘ra olmaydilar, balki sotuvlarning surunkali kamayishi va rentabellikning pasayishi boshlanmaguncha, qaror qabul qilishni orqaga suradilar.
Dostları ilə paylaş: |