5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə14/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
3-mavzu

14.3. Ta`lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o`quvchi, talaba soniga) qarab moliyalashtirish usullarining joriy etilishi

Jahon amaliyotida ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning mablag`lardan samarali foydalanish va ta‘lim sifatini oshirishni rag`batlantiruvchi yangi yo`llarini qidirib topish ta‘lim tizimini rivojlantirish yo`lidagi harakatlarning o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta‘lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta‘minlashga qaratilgan:


ta‘limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan); ta‘lim sifati va natijalari;
tenglik – bir xil ehtiyojli o`quvchilar mablag`lar bilan bir xil darajada ta‘minlanadilar; muhtojroq o`quvchilar ko`proq mablag` oladilar;
samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta‘lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda, bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning samaradorligini hisobga olib mablag`lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik– eng kam xarajat qilib ko`proq natijalarga erishish.
Ta‘lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu usulni qo`llashda har bir mamlakat o`z ijtimoiy siyosatining ustivorliklari, shuningdek, budjet tizimining o`ziga xosligi va ta‘lim tizimini boshqarish xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o`tmishda mashhur bo`lgan va hozirgi kunda ta‘limning ko`plab tizimlarida amalda qo`llanilayotgan ta‘lim muassasalariga

199
moliyaviy mablag`larni ajratishning bir qancha yo`llari va usullarini ta‘kidlash mumkin83:


o`tgan davr ko`rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa budjeti u moliyalashtiriladigan tegishli budjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan holda, o`tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag` ajratiladi;
alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo`yicha) – bunda har bir ta‘lim muassasasi davlatga o`zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar muassasaning mablag` ajratish bo`yicha so`rovi muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o`ziga kerakli mablag`larni olish imkoniyatiga ega bo`ladi;
xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag`lar ta‘lim muassasasiga uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan xarajatlar, ya‘ni bino va inshootlarni saqlash, joriy ta‘mirlash, xodimlar mehnatiga haq to`lash kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi («xarajatli» deb ataluvchi bu usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha muassasalarini budjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo`llanib kelinmoqda);
formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir muassasa uchun belgilangan va to`g`ri qo`llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq ajratiladi. Moliyalashtirish formulasi: (1) har bir ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini; (2) ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo`lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.

Ta’lim muassasalarini jon boshiga (o‘quvchi soniga ko‘ra) moliyalashtirish bir o`quvchiga nisbatan o`rnatilgan xarajat me‘yori, o`quvchilar soni hamda ta‘lim muassasalarining xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus koeffitsientlarga asoslangan ta‘lim muassasalari xarajatlarini aniqlash va shunga ko`ra mablag` ajratish tizimidir.

Ta‘limda budjet mablag`larini taqsimlashning “pul o`quvchining ortidan boradigan tamoyilga («pul o`quvchining ortidan boradi»gan tamoyilda mablag`lar muassasaga o`quvchi soniga ko`ra ajratiladi, agar o`quvchi boshqa maktabga yoki bog`chaga o`tib ketsa, pul ham uning orqasidan shu muassasaga o`tib ketadi) asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
ta‘limga ajratilgan budjet mablag`larini taqsimlash jarayonining shaffofligi, obyektivligi va aniqligini oshirish, muassasa budjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamayti-rish;
xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;

83Nurmuxamedova B.I, Sirojiddinova Z.X. «O`zbekiston Respublikasida ta‘lim xarajatlarini rejalashtirish». T.: «InfoCapitalGroup». 2013. 23-b.
200
muassasa darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish (ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik (Kuzatuv) kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash.
Eng oddiy shaklda o`quvchi soniga ko`ra moliyalashtirish usulida budjet mablag`larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu muassasadagi mavjud o`quvchilar soniga bog`liq: har bir maktab har bir o`quvchisi uchun bir xil summadagi mablag`ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda, maktabning joylashgan o`rni, maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta‘lim tizimlarida moliyalashtirish formulasi qo`llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda qaysi koeffitsientlarni qo`llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular soni nechta bo`lishi kerakligi to`g`risida yagona yondashuv mavjud emas. Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo`llash amaliyotida quyidagi omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi84:
maktablarning joylashgan o`rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik o`lchamlari: bino va inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab turgan maydoni va sh.k);
ta‘lim turidagi farqlar (boshlang`ich ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, umumiy ta‘lim va sh.k.);
aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o`qitishning maxsus dasturlarini amalga oshirish;
salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o`qitish;
alohida fanlarni chuqurlashtirib o`qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo`llash natijasida alohida olingan muassasa oladigan mablag`lar summasi o`quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator omillarga bog`liq bo`lsada, har holda, muassasalar hajmlari obyektivlik va shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag`lariga ega bo`ladilar. Lekin, formulani ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko`p bo`lsa, formula tushunish va qo`llash uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga ziddir.
Budjet mablag`lari hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat budjet tashkilotlari kabi, ta‘lim muassasalari ham o`z faoliyatlari bilan bog`liq ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag`larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar. Ushbu muammolar budjet mablag`lariga bo`lgan ehtiyojni an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar soni, o`quv soatlari soni, kvadrat metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, o`tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog`liq holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan hisoblangan budjet mablag`lariga bo`lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida (masalan, tuman – shahar xalq ta‘limi bo`limlarida) ko`rib chiqiladi va tegishli budjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi uchun ajratilayotgan budjet mablag`larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda


84 Финансирование школьного образования в банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2004. 16-стр.

Российской Федерации: опыт и проблемы. Всемирный



201

muassasa tomonidan hisoblab chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha kam bo`ladi. Alohida olingan muassasaning tasdiqlangan budjeti xarajat moddalari bo`yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro`yxatidan iborat bo`ladi. Muassasalar oyma-oy ushbu ro`yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo`yicha budjet mablag`larini oladilar.
Amaliyotda muassasalar o`z ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan xarajat miqdorlarini oshirib ko`rsatishdan manfaatdor bo`ladilar, ammo qat‘iy xarajat moddalari asosida budjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim muassasalari rahbarlarining mablag`larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo`yicha mustaqilligini cheklab qo`yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo`llash oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada chekla-nib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o`z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum bo`ladilar.
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda, respub-likaning ayrim hududlarida budjet mablag`larini rejalashtirish bo`yicha tajriba loyihalarini boshlash, ushbu loyihalar doirasida jon boshiga moliyalashtirishning yangi tizimini sinab ko`rish to`g`risida qaror qabul qilindi. Loyiha dastlab umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim muassasalari uchun ajratiladigan budjet resurslarini boshqarish va muassasa budjetini shakllan-tirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini ko`zlab amalga oshirildi.


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin