5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə7/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
3-mavzu

Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
budjet so`rovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish to`g`risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko`rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;
moliya yili mobaynida Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi takliflarni ko`rib chiqadi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, xalq

61
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;


Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlariga tushumlar to`liq va o`z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
budjet mablag`larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi; Qoraqalpog`iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo`shimcha manbalaridan foydalanish to`g`risida qarorlar qabul qiladi;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyasini boshqarishdagi vakolatlari:
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo`nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo`nalishlari loyihalarini ko`rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnoma loyihasini ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi;
budjetnomani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining davlat budjetini va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
davlat budjetining va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni har chorakda ko`rib chiqadi;
o`tgan moliya yili uchun davlat budjetining va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni tashqi audit o`tkazish hamda baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
davlat budjetining va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
moliya yili mobaynida davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlari parametrlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi takliflarni ko`rib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qo`shimcha manbalaridan foydalanish to`g`risida qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg`armasi mablag`laridan foydalanish to`g`risida qarorlar qabul qiladi.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi (O`RQ–360-son. 26.12.2013). 25-modda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg`armalari mablag`laridan foydalanish to`g`risida qarorlar qabul qiladi.




Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin