5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə3/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu

5.3. O`zbekiston Respublikasiningyaqin va o`rta istiqboldagi budjet-soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O`zbekistonning munosib o`rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga oshirish yo`lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma‘ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o`rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Shular asosida 2017–2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi35 ishlab chiqildi.

Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi – olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat.

Harakatlar strategiyasining ushbu asosiy maqsadiga erishish uchun Strategiyada O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan iborat:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta‘minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

35 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF-4947-son Farmoni, O‘R QHT, 2017 y., 6-son, 70-modda
54
Mazkur yo`nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo`limlardan iborat. Xususan, «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan yo`nalish yaqin va o`rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o`sish sur‘atlarini saqlab qolish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;
qishloq xo`jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo`yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirish;
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish;
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
Yuqorida sanab o`tilgan ustuvorliklarni bajarish budjet-soliq siyosatida ham muayyan o`zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro`yobiga qaratilgan.
Ma‘lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag`batlantirish, davlat budjeti barqarorligini ta‘minlash maqsadida har yili Budjet-soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari qabul qilinadi. Xususan, 2018-yilga mo`ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo`nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to`lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag`lardan oqilona foydalanish hamda budjetga tushumlarning to`liqligini ta‘minlash belgilangan. Soliq siyosatida amalga kiritilgan o`zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to`lovchilarga har tomonlama ko`maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq to`lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning to`g`ri hisoblanishi, o`z vaqtida va to`liq hajmda tushishi ta‘minlanishiga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o`zining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida budjet tizimini qayta ko`rib chiqish, budjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-oshkora bo`lishini ta‘minlash zarurligini ta‘kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat budjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik chinakam

55
xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin va o`rta istiqbolga mo`ljallangan budjet-soliq siyosatining asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqishda inobatga olingan. Natijada 2020–2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi36:


– soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o`rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi «natijaga yo`naltirilgan budjet» tizimini joriy etish;
– makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta‘minlash bo`yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas‘uliyatini oshirish;
– budjet mablag`larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas‘uliyatini kuchaytirish;
– fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
– budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
– budjet ma‘lumotlarining ochiqligi, to`liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta‘minlash;
– budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Xulosa qilib aytganda, budjet-soliq sohasida bo`layotgan yangiliklar, budjet-
soliq qonunchiligidagi o`zgarishlar mamlakati-mizda ishlab chiqarish, biznes subyektlari va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin