5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə6/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu

Oliy vakillik hokimiyati organi:

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi

viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar deputatlar Kengashlari


Ijroiya hokimiyatining markaziy organlari:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Bojxona Qo`mitasi

Ijroiya hokimiyatining mahalliy organlari:

Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari;
Markaziy ijroiya organlarining hududiy va mahalliy bo`linmalari


6.1-rasm. Budjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi

Davlat moliyasini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O`zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, tegishli boshqaruv organlarning nizomlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi.

6.2. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari

O`zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida quyidagi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi vakolatlari tegishli moddalarda belgilab berilgan:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari; Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari;

60


Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari;
Budjet mablag`larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari;
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag`lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari;
Davlat maqsadli jamg`armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari.
Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo`qorg„i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog`iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko`rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin