Oliy vakillik hokimiyati organi:
O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Palatalari
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari:
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar deputatlar Kengashlari
Ijroiya hokimiyatining markaziy organlari:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Bojxona Qo`mitasi
Ijroiya hokimiyatining mahalliy organlari:
Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari;
Markaziy ijroiya organlarining hududiy va mahalliy bo`linmalari
6.1-rasm. Budjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi
Davlat moliyasini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O`zbekiston
Respublikasi Budjet kodeksi, tegishli boshqaruv organlarning nizomlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi.
6.2. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida quyidagi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi vakolatlari tegishli moddalarda belgilab berilgan:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
budjet sohasidagi vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari; Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining,
xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari;
60