5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə9/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
3-mavzu

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Davlat budjetini boshqarish obyektlari va subyektlari qaysilar? Misollarda tushuntiring.
2. Davlat budjetini boshqarishga mas‘ul organlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
3. Markaziy va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining davlat moliyasi borasidagi vakolatlari va mustaqilligi shartlari va mezonlari qanday?
4. Budjet istiqbolini belgilash, budjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda markaziy va mahalliy davdat hokimiyati organlari faoliyatida qanday muammolar mavjud, ularni hal etish yo`llari qanday? Bu borada Harakatlar strategiyasida qanday ustuvor yo`nalishlar belgilab berilgan?
5. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishdagi ahamiyatini nimalar bilan izohlash mumkin?
6. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tarkibiy bo`linmalarining davlat moliyasini boshqarish borasidagi vakolatlari nimalardan iborat?

65
Mavzu yuzasidan topshiriqlar


1. Davlat budjetini boshqarishga mas‘ul organlarning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari aks ettirilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar katalogini ishlab chiqing.
2. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasini o`rganish asosida «Davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari» mavzusida taqdimot tayyorlang.

66
atlarmoddiy ta‘minotning me‘yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag`lar doirasida hisoblanadi;


suv, o`rmon xo`jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me‘yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
inspektsiya va qo`riqlash faoliyati bilan bog`liq xizmatlar to`lovi xarajatlari tashkilotlar va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilar o`rtasidagi shartnomaga muvofiq aniqlanadi;
tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek, boshqa davlat mulklari ijarasi bilan bog`liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko`rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
xizmat safarlari bilan bog`liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo`yilgan vazifalaridan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan me‘yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo`jaligi zararkunandalari-ga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog`liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo`lgan ehtiyojlar, shuningdek, bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqorida ko`rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo`yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko`rsatkichlar va uslublar qo`llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro`yxatdan o`tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo`linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan tashkilotlar bo`yicha jamlanma xarajatlar smetasi tuziladi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo`yicha budjetdan ajratil-gan mablag`larni taqsim qiluvchilar bo`lib hisoblanadilar.
Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlari-dan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo`lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko`rsat-kichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo`limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko`rsatkichlar ro`yxati bo`yicha xarajatlarning guruhlari bo`yicha va ilovalarni hamda smetalarga qilingan hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma‘lumotlar ko`rsatiladi:
isitish, yoritish, suv ta‘minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko`rsatkichlar;
sotib olish uchun mo`ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro`yxati; kapital va joriy ta‘mirlash bo`yicha asosiy ishlar ro`yxati;
o`rmon xo`jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi;
184
qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo`yicha ishlar hajmi va boshqa ko`rsatkichlar hisobi;
bino va inshootlarni kapital ta‘mirlash bo`yicha manzilli ro`yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi;
budjetdan mablag`lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-kitoblar.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriya-lar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko`rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko`rsatiladigan tashkilot-larning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markazlashtirilgan buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi.
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi-gan xarajatlar bo`yicha ularning o`zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari, tashkilotning markazlashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar smetasini tuzadilar. Bunda, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo`yicha qo`riqlash xizmatini to`lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko`rsatish, seminarlar o`tkazish va boshqalar) bo`yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har bir to`lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo`yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo`lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo`yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, idoralar hamda tegishli hokimiyat-larning boshqarmalari, bo`limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to`lash shartlari va faoliyat ko`rsatayotgan shunga o`xshash tashkilotlarda mavjud bo`lgan xarajatlarining o`rtacha me‘yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunda, yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyatining boshlanishi mo`ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo`yicha rejalashtiriladi:

Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin