13.1-jadval Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag„lari bo`yicha g„azna
ijrosini tashkil qilish
№ Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag„lari va jamg„armalari nomi
1. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armasi
Hisobi yuritiladigan shaxsiy g„azna hisobvaraq 4001
Smetalarning tuzilishi va turi
daromad va xarajatlar smetasi
2. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ijtimoiy nafaqalarni to`lash uchun mablag`lari
3. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`armasi
4. O`tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi
5. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar
6. Maktabdan tashqari muassasalarda (musiqa va san‘at maktablari) bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar
7. Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo`yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar
8. Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar
9. Ta‘lim muassasalarida o`qishdan tushadigan mablag`lar
10. Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg`armalari
11. Umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to`lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag`lar
12. Kapital qo`yilma mablag`lari bo`yicha depozitlar mablag`lari
13. Turg`un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to`lovlar
tuziladi 4002 smeta tuzilmaydi
4003 daromad va xarajatlar smetasi
tuziladi 4004 smeta tuzilmaydi
4005 smeta tuzilmaydi
4006 daromad va xarajatlar smetasi
tuziladi 4007 smeta tuzilmaydi
4008 daromad va xarajatlar smetasi
tuziladi 4009 daromad va
xarajatlar smetasi tuziladi
4010 daromad va xarajatlar smetasi
tuziladi 4011 smeta tuzilmaydi
4012 xarajatlar smetasi tuziladi
4013 smeta tuzilmaydi
Xulosa qilib aytganda, budjet tashkilotlarining qonunchilik bilan belgilab qo`yilgan rasmiy manbalardan oladigan daromadlari va tushumlari hamda ular bo`yicha xarajatlarni amalga oshirish davlat budjeti g`azna ijrosi mexanizmlari bilan qamrab olingan bo`lib, budjet tashkilotiga tegishli mablag`larning (budjet va nobudjet) samarali, maqsadga muvofiq va oqilona ishlatilishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi, bu mablag`larning shakllanishi va ishlatilishining dastlabki va joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari manbalari va ularni ishlatish yo`nalishlari nimalardan iborat?
2. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari bo`yicha jam-g`armalar qanday guruhlanadi?
190
3. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari g`azna ijrosini tashkil etishning o`ziga xos jihatlarini aytib bering.
Mustaqil o`rganish uchun topshiriqlar
1. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari manbalari va ularni ishlatish yo`nalishlari qaysi umumiy va maxsus qabul qilingan me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang.
2. Me‘yoriy hujjatlarni o`rganish asosida budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag`larining guruhlanishi, ular bo`yicha shaxsiy hisobraqamlarning yuritilishi, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni bajarish bo`yicha javobgarlik kabi-larni aks ettiruvchi umumlashma jadval tayyorlang.
191
14-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING TA`LIM TIZIMI XARAJATLARI
REJA:
14.1. Uzluksiz ta`lim tizimining shakllanishi, uning asosiy turlari
14.2. Ta`lim tizimi muassasalarini moliyaviy ta`minlashda davlat budjeti va boshqa manbalarning ahamiyati. Ta`lim tizimi xarajatlarining respublika budjeti va mahalliy budjetlardan amalga oshirilishi
14.3. Ta`lim tizimida jon boshiga (tarbiyalanuvchi, o`quvchi, talaba soniga) qarab moliyalashtirish usullarining joriy etilishi
14.4. Maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
14.5. Umumta`lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari
14.6. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning xususiyatlari
14.7. Xorijiy davlatlarda ta`lim tizimini moliyalashtirish tajribalari
Tayanch so`z va iboralar:ta`limning hammabopligi; ta`lim sifati va natijalari; umumta`lim maktablari; maktabgacha ta`lim muassasalari; o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari; oliy ta`lim muassasalari; ta`lim tizimini moliyalashtirish usullari; jon boshiga (o`quvchi soniga ko`ra) moliyalashti-rish; “pul o`quvchining ortidan boradi”gan tamoyil; maktab budjeti; bazaviy xarajatlar me`yorlari; oshiruvchi koeffitsientlar.
14.1. Uzluksiz ta`lim tizimining shakllanishi, uning asosiy turlari
O`zbekiston Respublikasida jamiyatning ma‘naviy yangilanishi uchun, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga uyg`unlashish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-Assambleyasida so`zlagan nutqida: «Bugungi kunda O`zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an‘analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat‘iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo`lidan bormoqdamiz.Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad – «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat»74 ekanligini alohida ta‘kidladilar. Haqiqatan ham, O`zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari har taraflama qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Ushbu holat jahon hamjamiyati tomonidan ham alohida e‘tirof etilmoqda.
74O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi gazetasi. 20.09.2017.
192
Inson huquqlari va erkinliklari qatorida fuqarolarning ta‘lim olish huquqi alohida o`rin egallaydi. Ijtimoiy sohaning muhim, aytish mumkinki, markaziy tarki-biy qismlaridan biri – bu ta‘lim tizimidir. Ta‘lim tizimining ahamiyatini mazkur soha faoliyatining uzoq muddatli davrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni belgilab berishi orqali izohlash mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir»75, degan konstitutsion norma belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonunhamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy natijasi bo`ldi. Qonun va Dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari mantiqiy uyg`unlikda uch bosqichda amalga oshirildi. Bu borada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-yildan boshlangan Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi 2009-yilga kelib amalda nihoyasiga yetkazildi: 9 yillik umumta‘lim maktab bosqichini va 3 yillik o`rta-maxsus, kasb-hunar ta‘lim bosqichini o`z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta‘lim tizimi yaratildi; mamlakat yoshlariga umumiy ta‘lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo`lish imkonini beradigan 12 yillik ta‘lim tizimiga o`tish yakunlandi.
Lekin so`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, iqtisodiyot taraqqiyotining zamonaviy talablari, innovatsion iqtisodiyotni shakllan-tirish va rivojlantirish zaruriyati, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining hayotimizga jadal kirib kelishi va boshqa shu kabi omillar ta‘lim tizimining sifati va samaradorligi darajasiga alohida talablar qo`ymoqda, ta‘limning barcha bosqichlari shakli va mazmunini tubdan qayta ko`rib chiqish, tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy va iqtisodiy-moliyaviy masalalarini tanqidiy o`rganib chiqish va konstruktiv o`zgarishlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`zining «Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak» deb nomlangan ma‘ruzalarida «ta‘lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta‘limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagidolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini»76 alohida ta‘kidladilar. 2016-yilning yakunlariga bag`ishlangan bu ma‘ruzada belgilab berilgan asosiy yo`nalishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF-4947-sonli Farmoni bilan qabul qilingan «2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi»da o`z ifodasini topdi. Xususan, Harakatlar strategiyasining 4.4-bo`limida ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish borasida «uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
75 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2014-y., 16-son, 176-modda.
76 Mirziyoyev Sh.M. «Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak». – T.: O`zbekiston, 2017. B. 23.
193
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish»77 vazifalari belgilab berildi.
Shu bilan birga, ta‘limda uning sifati va samarasini oshirish bilan bir qatorda, tizimni moliyaviy ta‘minlash muammolari ham islohotlarning markazida turgan masalalardan hisoblanadi.
Ma‘lumki, 1997-yilda «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat bo`ldi (14.1-rasm):
maktabgacha va umumiy ta‘limni takomillashtirish; o`rta maxsus kasbiy ta‘limni oqilona tashkil etish;
ta‘limni boshqarish va moliyalashtirishni yaxshilash; kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish.
14.1-rasm.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo`nalishlari78
«Ta‘lim to`g`risida»gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko`ra,O`zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi ko`rinishlarda amalga oshiriladi (14.2-rasm):
772017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonliFarmoniga 1-ilova. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.
78Nurmuxamedova B.I, Srojiddinova Z.X. «O`zbekiston respublikasida ta‘lim xarajatlarini rejalashtirish». T.: «Info Capital Group». 2013. 10-b.
194
14.2-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko`ra O`zbekiston Respublikasida ta`lim bosqichlari79
Ta‘lim tizimining umumiy boshqaruvini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta‘lim muassasalari, Toshkent Islom universiteti, shuningdek, xalqaro va xorijiy oliy ta‘lim muassasalari (Moskva davlat universiteti, Vestminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O`zbekistonda ta‘lim tizimi faoliyati ustidan rahbarlikni bevosita 3 ta vazirlik – Xalq ta‘limi (XTV), Oliy va o`rta maxsus ta‘lim (OO`MTV) va Maktabgacha ta‘lim vazirligi (MTV) amalga oshiradi.
Xalq ta‘limi vazirligi «xalq ta‘limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta‘limni har tomonlama rivojlantirish, o`quvchilarning bilimi va ma‘naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish»80 vazifasini bajaradi. XTV umumta‘lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalar faoliyati uchun mas‘uldir. Vazirlik joylardagi tegishli ta‘lim muassasalari faoliyatini metodik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta‘limi bo`limlariga ega.
Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi respublikada oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.Vazirlik tizimiga Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirsh markazi, idoraviy mansub oliy ta‘lim muassasalari kiradi.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta
79»Ta‘lim to‘g`risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi asosida. O‘RQ-464-I-son. 29.08.1997. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son.
80 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g`risida»gi PQ-3304-son Qarori. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y., 07/17/3304/0037-son.
195
maxsus ta‘lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 341-sonli Qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Rivojlantirish markazi oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga yo`naltirilgan o`quv-uslubiy, tashkiliy-huquqiy ta‘minotni ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo`yicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Rivojlantirish markazining maqsadi – mamlakatning ustivor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ta‘limni rivojlantirishning jahon tendensiyalariga muvofiq oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim tizimini me‘yoriy-huquqiy va ilmiy-uslubiy ta‘minlashdan iborat.
Ta‘lim tizimini isloh qilish jarayoni mos huquqiy asosga tayanishi lozim, bu borada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta‘limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi, boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmuyi ta‘lim tizimi taraqqiyotidagi ijobiy tendensiyalar uchun asos bo`lib xizmat qildi.
Jumladan, mamlakatimizda Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etilib, tizimni malakali kadrlar bilan ta‘minlash, davlat va xususiy sheriklik asosida yaqin istiqbolda mamlakatimizda bog`cha yoshidagi bolalarni to`liq maktabgacha ta‘lim muassasalariga qamrab olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr va takliflari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta‘limi qayta joriy etilib, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limi optimallashtirildi. Oliy ta‘lim muassasalariga qabul kvotalari ko`paytirildi, xorijdagi nufuzli oliy ta‘lim muassasalari diplomlarini nostrifikatsiyalash tizimi soddalashtirildi, talab yuqori bo`lgan qator sohalar bo`yicha sirtqi ta‘lim yo`lga qo`yildi hamda oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim tizimi ham xalqaro andozalarga asosan takomillashtirildi.
2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida «Ta‘lim to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan81. Bugungi kunda mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beruvchi eng muhim sohalardan biri bo`lgan ta‘lim tizimidagi tub yangilanishlar, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalari milliy ta‘lim tizimiga joriy etilayotganligi va bir qator xalqaro konvensiyalarning ratifikatsiya qilinganligi, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan sohaga doir qaror va farmonlarni qonunchilikka muvofiqlashtirish zaruratidan kelib chiqib, ushbu yo`nalishdagi asosiy hujjat – «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida 20 dan ortiq rivojlangan xorijiy davlatlarning ta‘lim to`g`risidagi qonunchiligi o`rganilib, shu
81O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi «2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'grisida»gi PF-5308-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma‘lumotlar milliy bazasi: 06/18/5308/0610-son. 23.01.2018.
196
asosda yangi tahrirdagi qonun loyihasiga 36 ta yangi modda kiritildi. Amaldagi qonunning 33 ta moddasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Shuningdek, qonun loyihasida katta yoshdagilar ta‘limi, maxsus ta‘lim, inklyuziv ta‘lim, davlat- xususiy sheriklik, ta‘lim sohasidagi davlat nazorati, ta‘lim muassasalarining o`zini o`zi baholashi, ta‘lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi yangi normalar nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o`tkazish va ularning fikr-mulohaza hamda takliflarini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirildi.
Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimiz ta‘lim tizimining fuqarolarning komil shaxslar bo`lib shakllanishiga yo`naltirilgan, inson omilini namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni yetish-tirib beradigan eng yaxshi an‘analarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |