13.4. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag„lari, manbalari va ishlatish yo`nalishlari
Budjet tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi «Budjet tashkilotlarini mablag` bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida»gi 414-sonli Qaror72 bilan belgilab berilgan budjetdan tashqari mablag`larga ham ega bo`lishi mumkin. Ushbu qarorga asosan, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilish va o`zining daromadlarini kengaytirish huquqiga ega:
faoliyat turi bo`yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (beg`araz) yordami berilishidan olinadigan qo`shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo`shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha73 davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo`l jamg`armasiga yig`imlar va davlat maqsadli jamg`ar-malariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr ichida ko`rsatilgan muddat
72Қonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 09/18/384/1266-son
73 Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarorining (03.09.1999) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 09/18/384/1266-son.
187
hukumatning tegishli qarorlari bilan bir necha marotaba uzaytirilgan), bo`shab qolgan mablag`lar budjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rag`batlantirishga maqsadli yo`naltiriladi.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag`lar hisobidan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg`arma quyidagi daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:
hisobot choragining so`nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo`yicha tejalgan mablag`lar(kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag`lar bundan mustasno);
faoliyat ixtisosligi bo`yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag`larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag`lar;
homiylikdan olingan mablag`lar.
O`z navbatida, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari quyidagi yo`nalishlarda ishlatilishi mumkin:
avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo`yichanafaqalarnivamavjudkreditor likqarzlarnito`lashga;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga; ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag`batlantirish tadbirlariga. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo`yicha to`lanmagan
nafaqalar bo`yicha muddati o`tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo`lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan tejab qolingan budjet mablag`lari doirasida ushbu qarzlarni to`lashga (ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo`yicha jami xarajatlar o`rni qoplangandan so`ng) sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag` bilan ta‘minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo`lgan taqdirda, kreditor qarzdorlikning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasi hisobiga to`langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo`yicha to`lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo`lmasa yoxud ushbu qarzlar to`langan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha jami xarajatlarning o`rni to`ldirilgandan keyin Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`ar-masining qolgan mablag`lari (homiylik yordami, beg`araz yordam miqdori bundan mustasno):
tushgan barcha mablag`larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
ko`pi bilan 25 foizi budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag`batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
188
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko`rsatilgan homiylik mablag`larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus holda kelishilmagan bo`lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkam-lashga sarflanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab vazirlik va idoralarning, budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamg`armalari mablag`larini davlat budjetining g`azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshiriladi. Bunda, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari bo`yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G`aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.
Budjet tashkilotlarining davlat budjetining g`azna ijrosi bilan qamrab olin-gan budjetdan tashqari mablag`lari quyidagilardan iborat:
Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armasi;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ijtimoiy nafaqalarni to`lash uchun mablag`lari;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`arma-si;
o`tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san‘at maktablari)bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo`yicha hisob-kitob-lardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
ta‘lim muassasalarida o`qishdan tushadigan mablag`lar;
vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg`armalari;
umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to`lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag`lar;
kapital qo`yilma mablag`lari bo`yicha depozitlar;
turg`un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to`lovlar.
Dostları ilə paylaş: |