Iguruh– Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar (stipendiyalar va boshqalar);
IIguruh– Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar); III guruh – Kapital qo`yilmalar;
IV guruh – Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to`lash) budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro`yxati va smetasiga kiritiladigan o`zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar
185
smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo`yicha taqsimlangan yillik ro`yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Iguruh–Ishhaqivaungatenglashtirilganto`lovlargaquyidagi xarajat turlari kiradi:
»Ish haqi»;
»Ta‘lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirish Direktor fondi mablag`lari» (umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda);
Stipendiyalar.
Umuman olganda, budjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular mehnatiga haq to`lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo`llaniladi. YaTSO`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`rnatiladi. U 22 tarazryaddanvaharbirrazraduchuno`rnatilgantegishlitarifkoeffitsientlaridaniborat. YagonaTarifSetkasiqonunano`rnatilganengkamishhaqimiqdorigaasosla-nadivabudjettashkilotlarixodimlarilavozimokladlarinianiqlashuchunqo`llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to`lashning tarmoq setkasi qo`llaniladi. Masalan, oliy ta‘lim, xalq ta‘limi muassasalari, sog`liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to`lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – “Ishhaqigaustamalar”(Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to`lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o`rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
IIIguruh– «Kapitalqo`yilmalar”guruhi bo`yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro`yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IVguruh–“Boshqaxarajatlar”tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:
–»Xizmat safar xarajatlari»;
–»Kommunal xizmatlarni to`lash xarajatlari»;
–»Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari»; –»Joriy ta‘mirlash xarajatlari»;
–»Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to`lash xarajatlari»; –»Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlar va oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olish xarajatlari»; –»Boshqa joriy xarajatlar».
IV guruh moddalari bo`yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning eng umumiy bo`lgan o`zigaxosxususiyatlari quyidagilardan iborat:
–amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi; –natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
–hisoblagichlarning ko`rsatkichlari bo`yicha o`tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;
–har bir birlik uchun o`rnatilgan xarajat me‘yorlariga rioya etiladi;
–energo-yoqilg`i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
186
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda budjet amaliyotidagi o`zgarishlar, «Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi va budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o`zgarishi munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan qator o`zgartirishlar kiritilishi, 2007-son «Davlat budjetining g`azna ijrosi Qoidalari»ning qabul qilinishi, 2157-son «O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom»ning kuchga kirishi, 2013 yilda O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi bilan budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va to`lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o`zgardi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, g`azna ijrosiga o`tgan budjet tashkilotlari xarajatlari Moliya vazirligi G`aznachiligi va uning hududiy bo`linmalari tomonidan yagona g`azna hisob raqamidan, shuningdek, smetada ko`rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo`yicha g`aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar budjet tashkilotlari xarajatlarini to`g`ri va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish, budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni qo`ymoqdaki, ushbu talablar budjetdan moliyalashtirish, budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini chuqurroq o`rganishni talab etadi.