5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə18/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu

14.5. Umumta`lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari

O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, muddati 9 yil bo`lgan umumiy o`rta ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi. O`zbekiston

208
Respublikasida umumiy o`rta ta‘limni tashkil etish va umumiy o`rta ta‘lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o`rta ta‘lim to`g`risidagi Nizom»93 bilan tartibga solinadi.



14.6-rasm. Umumiy o`rta ta`limning asosiy vazifalari94

Umumta‘lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o`z ustavi, mustaqil balansi, shaxsiy g`azna hisobvaraqlari (davlat ta‘lim muassasalari uchun), bank hisobraqamlari, o`z nomi ko`rsatilgan muhr, shtamp va blankalarga ega bo`ladi. Davlat umumta‘lim muassasalarida umumiy o`rta ta‘lim olish bepul amalga oshiriladi.


Umumiy o`rta ta‘lim o`quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga va ta‘limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida 9628 ta umumiy o`rta ta‘lim muassasalari faoliyat yuritadi. Umumta‘lim maktablariga ajratilgan budjet mablag`lari davlat budjetining ta‘lim tizimiga ajratilayotgan jami xarajatlarning qariyb 60 foizini tashkil qiladi95.

93O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 167-modda; Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son.
94 Umumiy o‘rta ta‘lim to‘g`risidagi Nizom, 2-bob, 9-band.
95Fuqarola ruchun budjet. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMTTD. T.: 2018. B. 37, 39. 209
Umumiy o`rta ta‘lim boshlang`ich ta‘lim (I-IV sinflar) hamda umumiy o`rta ta‘lim (I-IX sinflar) bosqichlaridan iborat bo`lib, kunduzgi ta‘lim shaklida amalga oshiriladi.
Boshlangich ta`limo`quvchilarda o`qish, yozish, sanash, o`quv faoliyatining asosiy malaka va ko`nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o`zini o`zi nazorat qilish, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog`lom turmush tarzi asoslarini egallashni ta‘minlashga yo`naltiriladi.
Umumiy o`rta ta`lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishi, o`quvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta‘minlaydi. Umumiy o`rta ta‘lim umumta‘lim muassasasi bitiruvchilariga yo`nalishni ixtiyoriy tanlash asosida ta‘limni o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.
Umumta‘lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin: boshlang`ich maktab (o`qitish muddati 4 yil: I-IV sinflar);
umumiy o`rta ta‘lim maktabi (o`qitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (o`qitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o`qitish muddati 5 yil: V-IX sinflar);
olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (o`qitish muddati 7 yil: V-XI sinflar);
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (o`qitish muddati 9 (10) yil: I-IX (X) sinflar);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o`qitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
alohida sharoitlarda ta‘minlash, tarbiyalash va ta‘lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (o`qitish muddati zaruriyatga ko`ra).
Shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning o`zida umumiy o`rta ta‘lim berish tashkil etiladi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan, alohida sharoitlarda yoxud uzoq muddat davolanishga muhtoj bo`lgan bolalarning ta‘lim olishlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda (maktab-internatda);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda;
inklyuziv (uyg`unlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy o`rta ta‘lim maktablarida;
uyda yakka tartibda;
davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.
O`quvchilarning ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta‘lim-tarbiyasiga ko`maklashish maqsadida
210
umumta‘lim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin. Ularning faoliyat ko`rsatish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Umumta‘lim muassasasida sinflarning to`liqlilik me‘yori bir sinfda 35 nafar o`quvchi hisobida belgilangan.
Namunaviy loyihalar bo`yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o`quvchilar soni yetarli bo`lmagan umumta‘lim muassasalarida, olis (tog`li, cho`lli) aholi punktlarida joylashgan umumta‘lim muassasalarida, shuningdek,o`zbek tilida o`qitilmaydigan umumta‘lim muassasalarida, ya‘ni kam komplektli umumta‘lim muassasalarida (filiallarda) boshlang`ich sinf o`quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
o`quvchilar soni 8 nafargacha bo`lgan I-IV sinflar;
o`quvchilar soni 12 nafargacha bo`lgan uchta boshlang`ich sinf;
o`quvchilar soni 24 nafargacha bo`lgan ikkita boshlang`ich sinf (I va III, II va IV sinflar).
Malakali o`qituvchilar yetarli bo`lgan hollarda sinfdagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lib o`qitishga ruxsat etiladi: o`quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo`lgan umumiy o`rta ta‘lim muassasalarining I-IX sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta‘lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V-IX sinflarda «Informatika» va «Mehnat ta‘limi», VIII-IX sinflarda «Jismoniy tarbiya», ta‘lim tili o`zbek tili bo`lmagan umumiy o`rta ta‘lim muassasalarining II-IX sinflarida «O`zbek tili» fani hamda ta‘lim tili rus tili bo`lmagan umumiy o`rta ta‘lim muassasalarining II-IX sinflarida «Rus tili» fani.

Majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin