5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə16/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu

14.4. Maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish

Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi darajasiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublika-sining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi barpo etildi.


Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo`g`ini hisoblanadi va butun ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo`lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha talimning maqsadi
bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlash, sog`lom, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarning qobiliyatini ochish, ularda o‘qishga, muntazam ta‘lim olishga havas uyg`otishdan iborat.

Maktabgacha ta‘lim bolalarda o`qishga havas uyg`otish, ularni tizimli ravishda o`qishga tayyorlash, sog`lom va barkamol shaxs bo`lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu
203

ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi «Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5198-sonli Farmoni85 bilan «uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo`g`ini bo`lgan maktab-gacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog`ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo`limlari tashkil etildi;
respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o`ringa mo`ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini qo`shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to`liqqamrab olish, bolalarga maktabgacha ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqildi.
2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi (MTM) faoliyat olib borayotgan bo`lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog`cha yoshidagi (3-7 yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan86. Ushbu sohada sog`lom va har tomonlama rivojlangan o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda87.
Maktabgacha ta‘lim, shakli va usullaridan qat‘i nazar, quyidagi vazifalarni bajaradi (14.4-rasm):
Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyat xususiyatlariga ko`ra quyidagi tiplarga bo`linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta‘lim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlari mavjud bo`lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari;
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari.
Muassasaning qanday tipga mansubligi uning xarajatlarini rejalashtirishda hisobga olinadi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi o`z moliyaviy-xo`jalik faoliyatini budjet mablag`lari va budjetdan tashqari mablag`lar doirasida amalga oshiradi.

85»O‘zbekistonRespublikasiqonunhujjatlarito‘plami»,2017 yil 9 oktyabr, 40-son, 1054-modda.
86 Fuqarolar uchun budjet. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMTTD. T.: 2018. B. 37. 87O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi»Maktabgachata‘limtiziminitubdantakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g`risida»giPQ-3261-sonqarorigasharh. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 984-modda)
204
Maktabgacha ta`limning asosiy vazifalari

bolalar hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash


bolalarda xalqimizning yuksak ma‘naviyati va insonparvarlik an‘analariga sadoqat tuyg`ularini shakllantirish

bolaning shaxsi va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang`ich ta‘limni olishga tayyorlash



ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish


bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko`rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korrektsiyalashni amalga oshirish


14.4-rasm. Maktabgacha ta`limning asosiy vazifalari88


Davlat budjeti mablag`lari
tarbiyalanuvchining davlat MTMda bo`lgan davri uchun badal to`lovlari
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriyalari


Maktabgacha ta`limning moliyaviy resurslari manbalari


mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari
shartnoma asosida pullik xizmat ko`rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaragaberishdan olingan daromadlar
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

14.5-rasm. Maktabgacha ta`lim muassasasi mol-mulki va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari89

88Davlatmaktabgachata‘limmuassasasito‘g`risida Nizom (O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonqaroriga 1-ilova) 2-bob, 7-band asosida.
89Davlatmaktabgachata‘limmuassasasito‘g`risida Nizom (O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonqaroriga 1-ilova) asosida.
205

Umumiy tipdagi davlat MTMlarini saqlash bilan bog`liq xarajatlar MTMlarining bo`ysinuviga ko`ra tumanlar va shaharlarning mahalliy budjetlaridan mablag` bilan ta‘minlanadi. Ixtisoslashtirilgan va sanatoriy tipidagi MTMlari, odatda, viloyatlar budjetlari yoki respublika budjetidan mablag` bilan ta‘minlanadi.
Shuningdek, MTMlarning xarajatlarini rejalashtirishda bog`chalarning ishlash rejimi, ya‘ni ularda bolalarning vaqti (4 soatlik, 9 soatlik, 10,5 soatlik, 12 soatlik) inobatga olinadi.
Ma‘lumki, yuqorida nomi keltirilgan PF-5198-sonli Prezident Farmoniga ko`ra, maktabgacha ta‘lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, ular o`rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta‘lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish belgilangan. Bugungi kunda (2018-yil boshiga) mamlakatimizda 200 ga yaqin nodavlat ta‘lim muassasalari faoliyat yuritmoqda90. Maktabgacha ta‘lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta‘lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarori bilan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil qilinadigan nodavlat MTMlarini davlat budjeti mablag`lari hisobidan qo`llab-quvvatlash choralari ko`zda tutilgan. Xususan, davlat budjetidan nodavlat MTMlariga davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foizidan yuqori bo`lmagan miqdorda subsidiyalar ajratilishi belgilangan. Subsidiyalar nodavlat ta‘lim muassasalariga har oyda ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotgan har bir bola uchun (9 va 10,5 soatlik ish rejimidagi) davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasining Toshkent shahrida – 30 foizi, Nukus shahri hamda viloyat markazlarida – 40 foizi, qolgan hududlarda50 foizi miqdorida ajratiladi91.
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish. Mazkur bobning oldingi paragrafida ta‘kidlanganidek, ta‘lim sohasini moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari doirasida «pul o`quvchining ortidan boradi»gan tamoyil bo`yicha budjet mablag`larini taqsimlashning muqobil va oshkora mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy asosida jon boshiga (o`quvchi, tarbiyalanuvchi soniga) moliyalashtirish tartiblari joriy qilindi.

Eslatib o‘tamiz, jon boshiga moliyalashtirishda ta‘lim muassasalari xarajatlarining umumiy hajmi bir nafar o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) uchun o‘rnatilgan xarajatlar me‘yori, o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) soni va muassasalarning u yoki bu xususiyatlarini (muassasaning katta-kichikligi, isitish tizimi, alohida toifadagi o‘quvchilarni o‘qitish dasturlari) aks ettiruvchi koeffitsientlarga asoslangan maxsus formula asosida aniqlanadi.

90Manba: http://uzedu.uz
91O‘zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2018-yil 19-maydagi «Maktabgachata‘limsohasidadavlat-xususiysherikchilikmunosabatlariniyanadarag`batlantirishchora-tadbirlarito‘g`risida»gi 378-sonQarori, 2-ilova. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 22.05.2018 y., 09/18/378/1259-son).
206
Davlat MTMlari budjetini aniqlash maqsadida Moliya vazirligi va tarmoq vazirliklari bilan birgalikda har moliyaviy yil uchun «Bir nafar tarbiyalanuvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi nizom» tasdiqlanadi.
MTMlarining budjetini aniqlash bir nafar tarbiyalanuvchilarga xarajatlarning bazaviy normativlari (XBN) va tuzatish koeffitsientlarini qo`llash orqali amalga oshiriladi. Masalan, 2017-yil uchun davlat MTMlari budjetini aniqlash tartiblariga ko`ra, xarajatlarning bazaviy normativlariga quyidagilar kiritilgan:
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tarbiyachilar, rahbar va yordamchi xodimlar mehnatiga haq to`lash, xodimlarni moddiy rag`batlantirish jamg`armasi, yagona ijtimoiy to`lov xarajatlari;
MTMni saqlash bilan bog`liq boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar,joriy ta‘mirlash, tovar, xom-ashyolar, oziq-ovqat mahsulotlari xaridqilish va boshqa xizmatlar).
Ayrim xarajatlar XBN tarkibiga kiritilmasligi mumkin, masalan, har bir MTMning ehtiyojlaridan kelib chiqib ajratiladigan ko`mir va suyuq yoqilg`i (mazut) xarid qilish va uni joylarga yetkazish, kommunal xizmat iste‘moli hisoblagichlarini xarid qilish va o`rnatish, MTMning kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyatini ta‘minlashga tayyorgarlik ko`rish bilan bog`liq ta‘mirlash ishlari (isitish qozonlarini o`rnatish va almashtirish) kabi xarajatlar tashkilotning yillik smetasiga mahalliy hokimiyatlarning manzilli dasturlariga muvofiq alohida tarzda kiritilgan.
Har bir MTM uchun budjetdan ajratiladigan mablag`larning umumiy hajmini hisoblash bir nafar tarbiyalanuvchi xarajatlarining bazaviy normativlari va XBNlarini tuzatish koeffitsientlarini qo`llagan holda quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin