5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə17/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu

MTMB = (T / K) * XBN 1+ T * XBN 2 * Kis + Bo (14.1.)

Bunda:
MTMB – MTM budjeti; T – tarbiyalanuvchilar soni;


K – guruhdagi bolalarning to`liqlilik koeffitsienti;
XBN 1 – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning bazaviy normativi; XBN 2 – MTMning boshqa (IV guruh) xarajatlari bo`yicha bir nafar
tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning bazaviy normativi;
Kis – markaziy isitish tizimi yoki gaz bilan isitiladigan MTM uchun isitish koeffitsienti;
Bo – MTMning oziq-ovqat budjeti,
Formuladagi bog`cha guruhlaridagi bolalarning to`liqlilik koeffitsienti guruhlarning to`liqlilik me‘yorlari asosida aniqlanadi. Gap shundaki, davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me‘yori kamida 20 nafar bo`lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo`lmasligi lozim.92 Shunga ko`ra, guruhdagi bolalarning to`liqlilik koeffitsienti quyidagi formula asosida aniqlanadi:

92Davlatmaktabgachata‘limmuassasasito‘g`risida Nizom (O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonqaroriga 1-ilova) 5-bob, 32-band asosida.
207

K = T / G * 20 (14.2.)

Bunda:
G – guruhlar soni;


20 – har bir guruhning to`liqlilik (bola soni) me‘yori.
15.1-formuladagi Bo – MTMning oziq-ovqat budjeti umumiy tarzda quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bo = XBNo * (To + 0,29 * Tb) (14.3.)

Bunda:
XBNo – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun oziq-ovqat xarajatlarining bazaviy normativi;


To – ota-onalar to`lovidan ozod qilingan bolalar soni;
Tb - bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnaydigan bolalar soni.
Yuqoridagi formula Toshkentshahrida, viloyatlar markazlarida va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlarda hamda tumanlar markazlari va boshqa joylarda joylashgan MTM uchun alohida-alohida (bolalarning ovqatlanishi uchun ota-onalarning to`lovlari summalaridagi farqlarni inobatga olgan holda) ishlab chiqiladi. Lekin, muhimi, formulaning asosini, yuqorida ta‘kidlanganidek, tarbiyalanuvchilar soni, oziq-ovqat xarajatlari me‘yori va tuzatuvchi koeffitsientlar tashkil qiladi.
Xarajatlarning bazaviy me‘yorlari va tuzatuvchi koeffitsientlarni qo`llagan holda aniqlangan MTMning budjeti rejalashtirilayotgan yilda xarajatlar smetasi bo`yicha unga ajratiladigan mablag`larning umumiy hajmini belgilab beradi. Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog xodimlarning tarifikatsiya ro`yxatini tuzish MTM rahbari va bosh hisobchisi (hisobchisi) tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrug`i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risida»gi Nizomga (ro`yxat raqami № 2634, 2014-yil 15-dekabr) qat‘iy rioya etgan holda, xarajatlar bazaviy normativlari asosida hisoblangan mablag`lar doirasida amalga oshiriladi. Bunda, quyidagi ketma-ketlikka qat‘iy amal qilinadi:
ish haqi va yagona ijtimoiy to`lov; oziq-ovqat xarajatlari;
kommunal xarajatlar; boshqa joriy xarajatlar;
muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha tadbirlar.


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin