14.7-rasm. Majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`limni amalga oshiruvchi muassasalarning guruhlanishi96
96O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida»giPF-5313-son Farmonning 1-bandi asosida(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari
milliy bazasi, 25.01.2018 y., 06/18/5313/0618-son).
211
Tadbirkorlik faoliyatidan, shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish,
bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar
Jismoniy va yuridik shaxslarning
homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari
Davlat umumta`lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa manbalar
14.8-rasm. Davlat umumta`lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari97
Davlat umumta‘lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi
manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O`zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag`lari;
umumta‘lim muassasasining
tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko`rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga
berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro
tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Umumta‘lim muassasasida o`quvchilarga davlat ta‘lim standartlari doirasida bepul umumiy o`rta ta‘lim berilishidan tashqari, qo`shimcha (shu jumladan pulli) ta‘lim xizmatlari ko`rsatilishi,
jumladan, ota-onalarning istaklariga ko`ra, umumta‘lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o`rta ta‘limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
Davlat umumta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish. Yuqorida ta‘kid-langanidek, mamlakatimizda davlat budjetidan mablag` bilan ta‘minlanadigan umumta‘lim muassasalari budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish-ning yangi tartiblarijoriy etilgan bo`lib, bu tartib-qoidalarga ko`ra, umumta‘lim maktablari budjeti bazaviy xarajatlar me‘yorlari asosida formula bo`yicha hisoblanadi. Formula asosida umumta‘lim muassasasi budjetini aniqlash maqsadida har moliya yili uchun «Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsientlarni qo`llash asosida umumta‘lim maktablari budjetini hisoblash bo`yicha Nizom» ishlab chiqiladi hamda Moliya va Xalq ta‘limi vazirligining qo`shma buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Formulaning asosini umumta‘lim muassasasi o`quvchilarining o`rtacha yillik soni (sinf pog`onalari bo`yicha), bir o`quvchiga
97Umumiy o‘rta ta‘lim to‘g`risidagi Nizom, 9-bob, 73-band. 212