5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə13/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
3-mavzu

14.2. Ta`lim tizimi muassasalarini moliyaviy ta`minlashda davlat budjeti va boshqa manbalarning ahamiyati. Ta`lim tizimi xarajatlarining respublika budjeti va mahalliy budjetlardan amalga oshirilishi

Ta‘lim – bu jamiyatning strategik resursi va davlat hamda jamiyat qurilishida muhim ustuvorlik ekanligini hisobga olib, ta‘lim tizimini boshqarishda davlat yetakchi rol o`ynaydi.


Bugungi kunda ta‘lim tizimini moliyalashtirishning ko`pkanalli tizimi shakllangan bo`lib, moliyaviy resurslarning quyidagi manbalariga ega (14.3-rasm):
Davlatdan moliyalashtirish manbalari: davlat (respublika va mahalliy) budjeti;
davlat maqsadli jamg`armalari (masalan, Kitob jamg`armasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi (ma‘lum davrlarda), Ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasi).
Nodavlat moliyalashtirish manbalari:
to`lov-kontrakt asosida o`qitishdan tushgan mablag`lar;
ta‘lim muassasalarining o`z tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari va tushumlari;
xorijiy kreditlar va grantlar;
ota-onalarning (o`qitish uchun) to`lovlari, qo`shimcha pullik ta‘lim; jamoatchilik yordamlari;
boshqa xususiy manbalar (masalan, tadbirkorlar va homiylarning, hayriya tashkilotlarining moliyaviy yordamlari).

197
Ta`limtizimimoliyaviyresurslarining manbalari



Davlat (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) budjeti

Davlat maqsadli jamg`armalari

to`lov-kontrakt asosida o`qitishdan tushgan mablag`lar

ta‘lim muassasalarining o`z tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari va tushumlari

xorijiy kreditlar va grantlar

ota-onalarning (o`qitish uchun) to`lovlari, qo`shimcha pullik ta‘lim



jamoatchilik yordamlari

boshqa xususiy manbalar



14.3-rasm. Ta`lim tizimini moliyalashtirish manbalari82

Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda ularning huquqlarini muhofaza qilish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshiril-moqda. Xususan, 2015-2020-yillar mobaynida davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarga yo`naltirilganligi, uchdan bir qismi ta‘lim sohasiga safarbar qili-nayotganligi ham kelajagimiz vorislariga bo`lgan g`amxo`rlikning yorqin ifodasidir.


Bundan tashqari, davlatning maqsadli jamg`armalari (Kitob jamg`armasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, Ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasi), davlat tomonidan ta‘limning taraqqiyotiga jalb qilinadigan qarz mablag`lari (davlat ta‘lim tizimini rivojlantirishga mo`ljallangan xorijiy kreditlarning qaytarilishini kafolatlaydi) va grantlar davlat mablag`lari kabi ishlatiladi.

82 Nurmuxamedova B.I, Srojiddinova Z.X. «O`zbekiston Respublikasida ta‘lim xarajatlarini rejalashtirish». T.: «Info Capital Group». 2013. B.17.
198
Ta‘lim muassasalari eng keng tarqalgan davlat muassasalari hisoblanadi. Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabi tadbirlar tarixan davlat mablag`lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Ta‘lim tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida ham asosiy o`rinni ta‘lim xarajatlari egallaydi. Ular ijtimoiy-madaniy sohalarga ajratilgan budjet mablag`larining o`rtacha 57-60 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunga kelib ta‘lim tizimining joriy va kapital ehtiyojlarini to`laqonli ta‘minlashda, davlat mablag`lari, shubhasiz, muhim o`rin egallaydi. Lekin moliyaviy muammolarning keskinlashuvi, shuningdek, budjet mablag`larining chegaralanganligi sharoitida davlat ta‘lim muassasalarining moliyaviy holatini yaxshilash, ularning budjet-dan tashqari mablag`lardan foydalanish ko`lamlarini kengaytirish, ta‘lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta‘lim xizmatlatining eksportini oshirish, ta‘lim muammolariga keng jamoatchilik e‘tiborini jalb qilish masalalari o`z dolzarbligini yo`qotmaydi.
Texnologik yangiliklarni ta‘lim tizimiga kiritish – ta‘lim tizimini hozirgi davrning eng qiziqarli jarayonlaridan biriga aylantiradi. Demakki, ta‘lim sohasidagi islohotlarni o`z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim yo`nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O`zbekiston yaqin kelajakda ta‘lim tizimi bilan ham dunyo e‘tirofiga sazovor bo`ladi.


Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin