5-mavzu. Davl



Yüklə 3,77 Mb.
səhifə21/21
tarix26.12.2023
ölçüsü3,77 Mb.
#197290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu

N =(N1*8+ N2*4)/12 yoki N =(2N1+ N2)/3 (14.5.)
Bunda:
N - sinf pog`onalari bo`yicha o`quvchilarning o`rtacha yillik soni;
N1 –rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga sinf pog`onalari bo`yicha o`quvchilar soni
N2 –rejalashtirilayotgan yilning 1-sentyabr holatiga sinf pog`onalari bo`yicha kutilayotgan o`quvchilar soni
8, 4, 12 – oylar soni.
Budjet xarajatlarini rejalashtirishda budjet yili ta‘lim muassasalaridagi o`quv yili bilan mos kelmaganligi bois, o`quvchilar kontingentini aniqlovchi asosiy ko`rsatkichlarning o`rtacha yilligi hisoblanadi. O`quvchilarning o`rtacha yillik sonini hisoblashda rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar va 1-sentyabr holatiga bo`lgan o`quvchilar soni aniqlanadi: maktablarda 1-yanvardan to yangi o`quv yili boshlanguniga qadar o`quvchilarning o`tgan yildan o`tuvchi soni (8 oy davomida), 1-sentyabrdan boshlab esa – o`tgan o`quv yilida o`qishni bitirgan va yangi o`quv yilida qabul qilinganlarni hisobga olgan holda aniqlangan o`quvchilar soni amal qiladi (4 oy davomida).

213
Masalan, agar yil boshiga maktabdagi o`quvchilar soni 500 nafar, 1-sentyabrda esa 650 nafar bo`lishi kutilayotgan bo`lsa, u holda o`quvchilarning o`rtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:



Umumta‘lim muassasasi budjetining umumiy hajmini aniqlash formulasidagi bazaviy xarajatlar normativlari va tuzatuvchi koeffitsientlar har moliyaviy yil uchun ishlab chiqiladi va «Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsientlarni qo`llash asosida umumta‘lim maktablari budjetini hisoblash bo`yicha Nizom»ning tegishli ilovalarida keltiriladi (bu me‘yorlar va koeffitsientlar viloyatlar bo`yicha, har bir viloyatda - ta‘lim pog`onalari, uyda ta‘lim oluvchilar va maktab qoshidagi internatlar bo`yicha bir-biridan farq qilishi mumkin, bu tegishli hududlardagi tovar va xizmatlar narxidagi farqlarga bog`liq).
Umumta‘lim maktablarida bir o`quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:
O`zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, pedagog xodimlar, boshqaruv va o`quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag`batlantirish Direktor jamg`armasi, yagona ijtimoiy to`lov;
asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog xodimlarning o`rniga ishlovchi pedagoglarga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar;
umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog`liq boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlarni to`lash, joriy ta‘mirlash, materiallar sotib olish va b.).
Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga kiritilmasdan muassasa budjetida alohida ko`zda tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
ko`mir sotib olish va tashib keltirish;
»Ziyo-net» ta‘lim tarmog`iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik abonentnik to`lovi;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo`ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga muvofiq markaziy davriy nashrlarga obuna bo`lish xarajatlari;
o`quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va o`rnatish;
kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog`liq ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o`rnatish.
Yuqorida sanab o`tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro`yxatlar asosida har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko`ra, xalq ta‘limi hududiy va moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro`yxat asosida ajratiladi.

214
Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish haqiga hududiy koeffitsientlar o`rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim maktablari smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo`yicha aniqlangan mablag`larga qo`shimcha ravishda bu to`lovlarni o`rnatilgan tartibda to`lash uchun mablag`lar ko`zda tutiladi.


Bir o`quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo`yicha, har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o`quvchilar soniga ko`ra katta-kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi tuzatuvchi koeffitsientlar ishlatiladi:
maktab masshtabi koeffitsienti;
markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar (bunda KUGdagi o`quvchilar soni 25 tadan kam bo`lmasligi kerak) mavjud bo`lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yoriga KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o`quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo`lib, ularning soni KUGga qatnovchi o`quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o`qituvchilarga ish haqi to`lash (yagona ijtimoiy to`lovni ham hisobga olgan holda) va yo`l haqi qiymatiga oylik kompensatsiya to`lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o`quvchilar bo`lgan taqdirda ularning o`rtacha yillik sonini uyda o`qitish bazaviy xarajat me‘yoriga ko`paytirish yo`li bilan hisoblanadi.
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida yashovchi bolalarning yashashi uchun mo`ljallangan internat mavjud bo`lganda qo`llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan o`rnatilgan to`lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o`quvchilar kontingentining 15 foizdan ko`p bo`lmagan qismini ushbu to`lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni tarifi-katsiyalash umumta‘lim maktabi rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga qat‘iy tartib va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari asosida aniqlangan mablag`lar doirasida amalga oshiriladi.
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga moliyalashti-rish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so`nggi natijalariga qaratilgan bo`lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga oshirilayotgan boshqa tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini oshirish, ularni rag`bat-lantirish mexanizmlarini takomillashtirish) bilan uyg`unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga turtki bo`lmoqda.
Bugungi kunda maktab faoliyatida muhim bo`lgan masalalardan biri – pedagog va pedagog bo`lmagan boshqa xodimlarga haq to`lash masalasi qator me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bular:

215
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi «Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-227-son qarori;


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalq talimi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida»gi 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori;
Xalq ta‘limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining 2005-yil 26-dekabrdagi №315/№4984-sonli qo`shma buyrug`i bilan tasdiqlangan «Umumta‘lim maktablari o`qituvchilari va rahbar xodimlari yuklamasini aniqlash va taqsimlash bo`yicha yo`riqnoma»;
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan tasdiqlangan «Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar»;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan «Umumta‘lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning Direktor jamg`armasi to`g`risida nizom».
Budjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib, uning natijasiga ko`ra, tarifikatsiya ro`yxati tuziladi. Tarifikatsiya ro`yxati quyidagi ko`rsatkichlarni aks ettiradi:
o`qituvchilarning nasl-nomasi; malaka toifasi;
ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari; dars beradigan fanlari;
qaysi sinflarda dars berishi (boshlang`ich, yuqori); oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
o`quv va pedagogik soatlar soni;
asosiy ish haqiga qo`shimcha va ustamalar.
O`qituvchilar tarifikatsiya ro`yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan qabul qilingan «Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar» asosida tuziladi.
O`qituvchining umumiy yuklamasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta‘limi xodimlariga haq to`lash to`g`risidagi Nizom» asosida aniqlanadi. Umumiy yuklama o`quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo`lib, bir yilga 1548 soatni tashkil etadi98.
O`quv yuklama me‘yori boshlang`ich sinflarda 18 soatni, yuqori sinflarda 20 soatni tashkil qiladi. Shuning uchun pedagogik stavkalar soni boshlang`ich va yuqori sinflar bo`yicha alohida hisoblanadi.

98O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-y. 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta‘limi xodimlariga haq to‘lash to‘g`risida»gi Nizomga muvofiq.
216
Pedagogik yuklama o`rnatilgan o`quv yuklamasiga praporsional ravishda boshlang`ich sinflarda 1,0 va yuqori sinflarda 0,8 koeffitsientlarni qo`llash orqali aniqlanadi. (Namunaviy reja bo`yicha o`qituvchining umumiy oylik yuklamasi 154,8 soatni tashkil etadi. Haftalar soni bir oyda 4,3 hafta hisobida belgilangan. Boshlang`ich sinf o`qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 soatni tashkil etadi, shundan o`quv yuklamasi – 18 soat, pedagogik yuklama – 18 soat, yuqori sinf o`qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 soatni, shundan 20 soat o`quv yuklamasi va pedagogik yuklama - 16 (20 ) soatni tashkil etadi99.)
Tarifikatsiya ro`yxatida, ta‘kidlanganidek, har bir o`qituvchining bir oylik lavozim okladi aks ettiriladi. Umumta‘lim maktablari pedagogik xodimlarining oylik lavozim okladlari har bir xodimning lavozimi va malaka toifasi uchun o`rnatilgan bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan belgilangan qo`shimchalar va ustamalar asosida shakllanadi.
Bazaviy tarif stavka quyidagilarni o`z ichiga oladi:
yagona tarif setkasi asosida aniqlangan tarif stavkasini;
qonun bilan belgilangan tarif stavkasiga o`rnatilgan doimiy ustama va qo`shimchalarni;
pedagog va rahbar xodimlarning alohida toifalari ish haqiga kompensatsion to`lovlarni.
Pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalari: xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
ta‘lim muassasasining tipiga bog`liq ravishda tabaqalashtirilgan bo`ladi. Xalq ta‘limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Adliya vazirligi
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan birgalikda tasdiqlangan «Pedagogik va rahbar xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish va malaka toifalarini berish tartibi to`g`risidagi Nizom»ga muvofiq, xalq ta‘limi xodimlariga quyidagi malaka toifalari berilishi mumkin:
o`rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq bo`lgan) ma‘lumotga ega bo`lgan, toifasiz xodim;
bakalavr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo`yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo`lgan mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo`yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo`lgan ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo`yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo`lgan birinchi toifali mutaxassis;

99»Umumta‘lim muassasalari o‘qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar» O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-y. 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli qo‘shma buyrug`iga ilova.
217
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo`yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo`lgan oliy toifali mutaxassis.
Maktab pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining aniq miqdori hukumatning maxsus qarorlari bilan tasdiqlanadigan xalq ta‘limi muassasalari pedagog xodimlariga haq to`lashning tarmoq tarif setkasi asosida o`rnatiladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o`rnatilgan doimiy ustama va qo`shimchalar quyidagilardan iborat:
sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida»gi 2005-yil 21-dekabr 275-son Qaroriga muvofiq, mazkur ustamalar miqdori: sinf rahbarligi uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida, daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan edi. Lekin O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2013-yil uchun O`zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozlari va davlat budjeti parametrlari to`g`risida»gi PQ-1887-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-son Qaroriga bu borada tegishli o`zgarishlar kiritildi. Ushbu o`zgarishlarga ko`ra, umumta‘lim muassasalari o`qituvchilariga eng kam ish haqiga nisbatan o`rnatiladigan quyidagi qo`shimchalar belgilanadigan bo`ldi:
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o`quvchilar soniga ko`ra:15 nafargacha bo`lsa – 50 foiz;16 dan 20 nafargacha bo`lsa – 60 foiz;21 dan 25 nafargacha bo`lsa – 70 foiz;26 dan 30 nafargacha bo`lsa – 80 foiz;31 va undan yuqori bo`lsa – 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda o`quvchilar soni 15 nafargacha bo`lsa – 25 foiz.
Bu to`lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan budjet mablag`lari hisobidan amalga oshiririladi.
Bundan tashqari, pedagog xodimlar oylik lavozim okladiga (Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori bilan tuzilgan) umumta‘lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning Direktor jamg`armasidan to`lanadigan ustamalar kiradi. Bu ustamalar xodimlarga:
o`quvchilar bilan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarni olib borishning yuksak darajasi uchun – tegishli malaka toifasidagi o`qituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foizgacha bo`lgan miqdorda;
kasbiy mahorati va ta‘lim jarayoniga qo`shgan aniq hissa, yuqori samarador-lik va o`qitish sifati uchun – tegishli malaka toifasidagi o`qituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizgacha bo`lgan miqdorda belgilanadi.
Direktor jamg`armasi hisobidan to`lanadigan har oylik ustamalar va boshqa rag`batlantirish turlarini tayinlash hamda ustama va mukofotlar hajmini belgilash tartibi, rag`batlantirish va mukofotlash uchun xodimlar faoliyatini baholash mezon-lari, o`rnatilgan ustamalarning amal qilish muddatlari, jamg`arma hisobidan amalga oshiriladigan to`lovlarni soliqqa tortish tartibi va Direktor jamg`armasining amal qilish shart-sharoitlarini belgilab beruvchi boshqa tartib-qoidalar O`zbekiston

2
Yüklə 3,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin