6.2. Markaziyvamahalliydavlathokimiyatiorganlariningbudjettizimini boshqarish sohasidagivakolatlari 6.3.O`zbekistonRespublikasiMoliyavazirligi,uningbudjettizimini boshqarishdagivakolatlari
Tayanchso`zvaiboralar:bozormexanizmi;davlatningiqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalari; rejalashtirish; tashkil etish; muvofiqlashtirish;nazorat;rag„batlantirish;budjettiziminiboshqarish obyektlari;budjettiziminiboshqarishsubyektlari;boshqaruvorganlari; davlat hokimiyati organlari; budjet sohasidagi vakolatlar
6.1.Davlat budjetini boshqarish to`g„risidatushuncha. Boshqarishobyektlari, subyektlari, ularningguruhlanishi, asosiyvazifalari
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o`rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo`jaligi o`zini o`zi tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning «ko`rinmas qo`li») bo`lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma‘lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xo`jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo`lgan. Masalan, 1563-yilda ingliz qirolichasi Yelizaveta I milliy baliqchilikni qo`llab-quvvatlash va unga bo`lgan talabni oshirish maqsadida o`z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go`sht mahsulotlarini iste‘mol qilishni ta‘qiqlagan37. 1666-yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog`liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, dafn etilayotgan marhumlarni jun matodan bo`lgan liboslarda dafn etish majburiy qilib qo`yildi. Bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilandi.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning «ko`rinmas qo`li» davlatning «ko`rinadigan qo`li» bilan to`ldirilib turishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi – bu aralashuvning qay darajada bo`lishi bilan bog`liq, lekin davlatning tartiblovchi prinsipi asosan ko`pchilik olimlar tomonidan e‘tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko`ra, bozor o`z-o`zidan mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o`z-o`zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma‘lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning
37Экономическая история зарубежных стран: учебное пособие / Т.М.Тимошина; под ред. проф. М.Н.Чепурина. – 9-ое изд., стер. – М.: Юстицинформ, 2013. -504 стр.
58
alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo`shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug`iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – bu davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir. Ana shu dastak va vositalar ichida davlat budjeti asosiy o`rinni egallaydi. Davlat budjeti davlatning qo`lidagi iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo`lish bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar yig`indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat budjetini va, umuman, mamlakat budjet tizimini boshqarishda namoyon bo`ladi.
Budjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
budjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda budjet munosabatlarini boshqarish;
barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko`rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;
budjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va budjet mablag`larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.
Budjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha funksiyalarini bajaradi, ular orqali budjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va rag`batlantirish.
Budjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo`lib, u alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari
Nizomlari va boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.
Budjet tizimini boshqarish obyektlaribo`lib budjet munosabatlari, budjetning daromadlar bo`yicha shakllanishi va xarajatlar bo`yicha bajarilishi, budjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan ajratilgan mablag`laridan foydalanish asosidagi xo`jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Budjet tizimini boshqarishsubyektlariesa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo`lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruvorganlaridir.Budjet tizimini boshqarish subyektlarini, budjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko`ra, quyidagicha guruhlash mumkin:
59
Davlat moliyasini boshqarish subyektlari
Vakillik hokimiyati organlari Ijroiya hokimiyati organlari