ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran
esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-
Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal»
Masbihiy (1029) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va
e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning
(973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av
marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan)
nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur
Abdulqodir al-Bag‘dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar
orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf.
1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-
Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf.
1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida
ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning
(vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini
ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go‘zal
raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli
asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar
yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun
fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-
Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»),
«Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal»
(«Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-
nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari,
shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot
ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini
o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot
ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi.
Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular
o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot berish
yoki ularni tavsif qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday
shaxsiy hissiyotlarni suiiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi
so‘zlari tasdiqlaydi: «Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘nalishlarning hech
birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha,
undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim».
Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi: «Bu kitob bahs-
munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan
o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun
dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan
sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu
davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
Dostları ilə paylaş: