Sekta so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy
qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir
dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va
konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat
ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub
bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini
taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi
va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini
ko‘rsatmoqda. Xususan, ma’lumotlarga ko‘ra, bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda
"Bogorodichiy sentr", "Serkov ob’edineniya", "Serkov Isusa", "Serkov Novogo
Zaveta", "Beloe bratstvo", "Bojestvennыy orden Pervogo Angela" kabi o‘nlab
diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. "Satanizm" deb
ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli
bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari
bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi
bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida
ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar.
Bunday sektalarga asos solgan "avliyo"lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan
ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular
faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Ugandadagi "Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol
bo‘ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu sekta rahbarlari o‘z
tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l
bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga
"ko‘chirilishi" sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan.
SHundan so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini
aldab bir joyga to‘plab, ustlaridan yopib binoga o‘t qo‘yib yuborishgan. Ommaviy
axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, tezkor tadbirlarni o‘tkazgan politsiya yana
to‘rt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq
bo‘lgani qayd qilingan.
Dostları ilə paylaş: |