G’arb dinshunosligining o’ziga xos jihatlari.
Mavzuni yoritishda talaba quyidagilarga e’tibor qaratadi. “Inson qachondan
beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo’ldi?” kabi savollar doimo
olimlarni qiziqtirib, o’ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri
davom etib kelayotgan bo’lsa-da, hali hanuz bu borada bir to’xtamga kelinmagan.
Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki
xil qarash mavjud.
Birinchi qarashga ko’ra dinning paydo bo’lishi bevosita insoniyatning yaralishi
bilan bog’liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O’zini tanitdi, natijada
inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv”
deb nomlanadi. Bugun mavjud bo’lgan har qanday din o’zining tarixini insoniyat
yaralishi – ilk inson bilan bog’lashini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida
– Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda –
Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta’limotlar
dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko’ra, turli buyumlarga sig’inish va ko’pxudolik,
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin
yuzaga kelgan.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “ materialistik
Dostları ilə paylaş: |