lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday
tekshirishning iloji bo’lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo’lishi
lozim. Gipotezani baholash mezonlaridan biri – uning mumkin qadar ko’proq
ilmiy dalildan
kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq ilmiy muammoni qo’yish bilan bog’liq
dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo’lmaydi.
Gipoteza ilgari ma’lum bo’lmagan narsalar va hodisalarni, empirik tadqiqot jarayonida
hali aniqlanmagan yangi ilmiy dalillarning paydo bo’lishini bashorat qiladi. Gipoteza mumkin
qadar sodda bo’lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan ko’p sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda
ilmiy dalillarni va gipotezaning o’zidan kelib chiqadigan oqibatlarni
tushuntirish zarurati bilan
bog’liq bo’lmagan ortiqcha farazlar bo’lmasligi kerak. Gipoteza qay darajada asosli bo’lmasin, u
nazariyaga aylanmaydi. SHu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning
haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo’lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning
mumkin qadar ko’prog’i o’z tasdig’ini topishi lozimligini nazarda tutadi.
SHu maqsadda
kuzatish va eksperimentlar o’tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan
oqibatlar bilan taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko’p oqibatlar o’z tasdig’ini topgan bo’lsa,
ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo’ladi.
Gipotezaning eng
ishonarli tasdig’i – empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni
tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir.
SHunday qilib, har tomonlama tekshirilgan
va amalda o’z tasdig’ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: