5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix21.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#118930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, 
balki bilvosita in’ikosi bo’lishi mumkin. Masalan, olim o’zi ko’rmayotgan tegishli ob’yektning 
holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko’rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr 
chizig’ini ko’radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan 
foydalanish bilan bog’liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, 
bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va 
boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning 
yuqoriroq darajasidir.
1
қаранг.С.М.Ҳотамий. Ислом тафаккури тарихидан.-Т.: Минҳож, 2003.- Б.74 


Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. 
Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi.
Kuzatishbilish ob’yektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash 
maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, 
uning usullarini aniqlash, o’rganilayotgan ob’yekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini 
tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning 
natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko’rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo’lishi mumkin. 
Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu 
faoliyatning muayyan ob’yektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda 
tutadigan faol shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o’z ko’zlarini 
kuzatuvchanlikka o’rgatishi lozim.
Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko’pchilik e’tibor bermaydigan 
muhim jihatlarini ko’rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san’atdagi 
novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda 
kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo’lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini 
oldindan ishlab chiqish muhim o’rin tutadi. Kuzatish tabiatning o’zida mavjud narsalar va 
hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar 
o’tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model’ ustida o’tkaziladigan 
fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy 
aloqasi xosdir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin