5-mavzu. G‘oyalar iqtisodiyoti reja


-rasm. Inson kapitalini shakllantirish va Hvojlantirish



Yüklə 60,03 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü60,03 Kb.
#197207
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu

5.1-rasm. Inson kapitalini shakllantirish va Hvojlantirish
  • G.Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalar jamlanmasidir.
  • S. Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan daromad keltirish qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat va
  • 135
    • iste’dod, shuningdek olingan ta’lim va malakadan iborat”38 deb ko‘rsatgan.
    • Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. Nordxoug quyidagiiami ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, xodimlaming sog‘lig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ulaming motivatsiyasi va firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi. Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”39.
    • I.V. Ilinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat kapitalida iborat deb hisoblaydi40.
    • Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yondashuvning metodologik prinsipi hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi.
    • Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik, bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zaxirasidir degan fikmi bildiradi. Bu zaxira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi4’.
    • V.T. Smirnov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida korxona yoki korxonalar guruhi darajasida baholash lozimligini ko'rsatadilar42.
    • 38 Фишер С .Дорибуш P., Шмалензи P Экономическая теория — M., Юнити 2002. - С 21
    • 40 Илинский И В Инвестиции в будущее: образование в инвестиционном воспроизводстве -СПб.: СПбУЭФ, 1996. - С. 127
    • 41 Дятлов С.А. Теория человеческого капитала: Учебное пособие — СПб : СПбУЭФ, 1996 - С 72
    • 42 Смирнов ВТ., Скобликова ИВ. Классификация и виды человеческого капитала в инновационной экономике -СПб : Проспект, 2001 - С 2003.
    • 136
    • Inson kapital in i tahlil etish va ular turlariga turlicha
    • yondashuvlami umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 2.7-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish imkonini beradi:
    • 1. Madaniy-ahloqiy kapital. Xodimning obro‘si, firmaning nufuzi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat, ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin