5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy invest-fayllar.org
2. Xalqaro investitsion shartnomalar deganda xorijiy investorlar bilan tuzuladigan shartnomalar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi bo‘yicha huquq va majburiyatlari;
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik normalar bo‘yicha zamonaviy talablarga muvofiq bo‘lgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishga doir majburiyatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanganiga qo‘shimcha kafolatlar hamda qo‘llab-quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq va majburiyatlari;
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi to‘g‘risidagi axborot;
chet ellik investor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
taraflarning investitsiya shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi, shu jumladan chet ellik investorga davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, shuningdek investitsiya shartnomasiga muvofiq chet ellik investor o‘z majburiyatlariga rioya qilmaganda yoki lozim darajada rioya qilmaganda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishni bir tomonlama tartibda rad etish huquqi;
o‘zgartirishlar kiritish tartibi;
tugatish tartibi;
investitsiya shartnomasi taraflari o‘rtasidagi investitsiya shartnomasi qoidalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi, joyi va nizolarni ko‘rib chiqadigan organ.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab boshqa shartlar, shu jumladan quyidagi shartlar ham bo‘lishi mumkin:
hududning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taraflarning o‘zaro majburiyatlari;
chet ellik investorning shartnoma shartlarini bajarish natijasida ishlab chiqargan, o‘ziga tegishli bo‘lgan mahsulotni va olingan foydasini (daromadlarini) O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi;
chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni yollash va o‘qitishga doir majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallanganidan so‘ng tashkil etilgan tashkilot xodimlarini o‘qitish bo‘yicha majburiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasida chet ellik investorga uni bozorda ustun mavqega qo‘yadigan mutlaq qoidalar va huquqlar berilishi taqiqlanadi.