5-MAVZU. JUFT REGRESSION TAHLIL. Reja: 1. Chiziqli va chiziqsiz regression bog’lanishlar.
2. Korrelyatsion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining qo’llanilishi.
3. Eng kichik kvadratlar usulining baholash hususiyatlari: Gauss-Markov teoremasi.
Tayanch iboralar: chiziqli, chiziqsiz bog’lanish, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli, Gauss-Markov teoremasi.
1. Chiziqli va chiziqsiz regression bog’lanishlar Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o’rtasida bog’lanishlarni o’rganishda quyidagi funktsiyalar bilan foydalaniladi (5.1-rasm):
Chiziqli –
Ikkinchi darajali parabola –
Uchinchi darajali parabola –
n-darajali parabola –
Giperbola –
b- darajali giperbola –
Logarifmik –
Yarim logarifmik –
Ko’rsatkichli funktsiya –
Darajali funktsiya –
Logistik funktsiya –
5.1.-rasm.Chiziqli va chiziqsiz regression bog’lanishlar1 Regression tahlil -hodisalar o'rtasidagi bog'lanishning statistik tahlil usuli bo'lib, bog'lanish formalarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi.
Regressiya so’zi lotincha regressio so’zidan olingan bo’lib, orqaga harakatlanish degan ma’noga ega. Bu atama korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bog’liqdir.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Regression tahlil yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning kelgusi davrlar uchun bashorat qiymatlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.