5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja


-Rasm. Porshen barmoqlari va ularning mahkamlanish turlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#167375
1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5

16-Rasm. Porshen barmoqlari va ularning mahkamlanish turlari. 
a -porshen barmog’i shatunning yuqori kallagida qattiq mahkamlangan, b, c-o’z 
o’qi atrofida siljuvchi “erkin” barmoq.
Shatun va shatun podshipniklari.
Shatun porshenni porshen barmog’i
orqali tirsakli valning shatun bo’yni bilan birlashtiradi va ish takti paytida 
porshendan tirsakli valga, yordamchi (kiritish, siqish va chiqarish) taktlarda esa 
tirsakli valdan porshenga harakat uzatadi. Demak, shatun yordamida porshenning 
tog’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakati tirsakli valning aylanma harakatiga 
o’zgartirib beriladi.
Shatun asosan quyidagi qismlardan iborat. Porshеn barmog’i bilan 
tutashuvchi yuqorigi kallagi; shatun bo’yni bilan tutashuvchi pastki kallagi va uning 
kopqog’i; yuqorigi va pastki kallaklarini birlashtiruvchi o’zak qismi; uning 
ko’ngdalang kеsimi qo’shtavr shaklida yasalgan. Shatun mustahkam, puxta, 
yeyilishga chidamli va inеrsiya kuchlarini kamaytirish uchun vazni dеyarli kichik 
bo’lishi lozim. Shatunlar yuqori sifatli uglеrodli yoki ligеrlanagan po’latdan (40G, 
40G2, 40X, 4XN, 40XGT) shtamplash usuli bilan tayyorlanadi va mexanik ishlov 
bеrib aniqligi, tеrmik ishlov bеrib esa puxtaligi oshiriladi. Shatunning yuqorigi 
kallagiga, porshеn barmog’i bilan sodir bo’ladigan ishqalanishni va yeyilishni 
kamaytirish uchun, bronzadan yasalgan vtulka prеslab o’tkaziladi. Ishqalanuvchi 
yuzalarga moy o’tishi uchun teshikcha yasalgan. Shatunning pastki kallagi, tirsakli 
valni shatun bo’yini bilan birlashtirish uchun ajraladigan qilib yasaladi. Shatunning 
ajraladigan pastki qismi shatun qopqog’i deb ataladi. 
 
17-Rasm. Shatun va unga bevosita o’rnatilgan detalar guruhi


1-pastki kallakning qopqog’i; 2-shatun podshipnigi; 3-pastki kallak; 4-bronza 
vtulkasi; 5-yuqori kallak; 6-sterjen.
Bu qopqoq shatunga ikkita bolt va gaykalar yordamida biriktiriladi hamda 
gaykalar bo’shab ketmasligi uchun uning pastiga alyuminiydan yasalgan shplint 
o’tqazilib, uchlarini burab qo’yiladi. 
Shatunning pastki kallagi ishlaydigan og’ir sharoit juda katta ishqalanish 
kuchlarini vujudga keltiradi. Tirsakli valning yeyilishini kamaytirish va shatunning 
ish muddatini oshirish maqsadida shatunning pastki kallagiga yupqa sust 
ishqalanuvchi qotishma quyilgan vkladishlar qo’yiladi. Sust ishqalanuvchi 
qotishmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:

po’lat bilan ilashmalanib ishlaganda ishqalanish koeffisienti kichik;

kam yediriladigan;

issiqlikni yaxshi o’tkazadigan va arzon bo’lishi kerak;

ishqalanuvchi yuzalarning bir tekis moylana olishini ta’minlay olishi kerak. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin