Tirsakli val, o’zak podshipniklari va maxovik.
Tirsakli val porshеn orqali
shatundan kеlayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib
bеradi. Tirsakli valda hosil bo’lgan aylanma harakatning oz qismi dvigatеl
mеxanizmi va qurilmalarini yurgizish uchun sarf qilinadi. Qolgan asosiy qismi esa
kuch uzatmalari vositasida gildiraklarga uzatiladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni
bajarish jarayonida valga eguvchi, burovchi, siquvchi va cho’zuvchi kuchlar ta'sir
qiladi. Shuning uchun tirsakli val ana shu kuchlarga bardosh bеradigan mustahkam
va qattiq matеrialdan tayyorlanishi kеrak. Bundan tashqari, uning shatun va o’zak
bo’yinlari yeyilishga chidamli bo’lishi kеrak.
Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli po’latdan yoki magniy
bilan boyitilgan legirlangan cho’yandan tayyorlanadi va bo’yinlariga termik ishlov
beriladi, keyin jilvirlanadi va jilovlanadi.
18-Rasm. Tirsakli val.
Tirsakli val va uning birikmalari quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
tirsakli valning oldingi uchiga gaz taqsimlash valining shesternyasiga harakat
uzatuvchi shesternya shponka yordamida mustahkamlanadi, bundan tashqari,
dvigatelni dastak bilan yurgizuvchi xrapobik, moy qaytargich hamda suv nasosi va
ventilyatorni harakatga keltiruvchi shkiv joylashgan. Ba’zi dvigatellarda tirsakli
valning tebranma harakatini so’ndiruvchi tuzilma bor. Tirsakli valning o’zak
bo’yinlari valning asosiy tayanch bo’yinlari hisoblanib, ular bir xil diametrga ega.
Valning o’q bo’ylab siljishiga tirak shaybalar to’sqinlik qiladi. Bu shaybalar asosan
birinchi o’zak bo’yinining ikkala tomoniga joylashtirilgan. O’zak bo’yinlardan
shatun bo’yinlarga moy yuborish uchun kanal parmalangan.
Dostları ilə paylaş: |