Porshenlar, porshen halqalari va barmoqlari.
Dvigatelda sodir bo’ladigan
ish siklining barcha jarayonlari
porshen
vositasida bajariladi. Ish sharoitida, ayniqsa
siqish va ish yo’li taktlarida yuqori bosimga va haroratga ega bo’lgan gazlar ta’sirida
porshen qiziydi va yediriladi, bundan tashqari, unga o’zgaruvchan inersiya
kuchlari
ta’sir etadi. Shu sababli porshen tayyorlanadigan material quyidagi talablarni
qanoatlantirishi:
issiqlik o’tkazuvchi, yedirilishga chidamli, mustahkam va yengil
bo’lishi kerak. Porshen alyuminiy qotishmasidan yoki cho’yandan
yasalishi
mumkin. Avtomobil dvigatellariga asosan AL25, AL30 yoki AK10, M2H belgili,
alyuminiy qotishmasidan yasalgan porshen o’rnatiladi, chunki bu materialdan
tayyorlangan porshen yuqoridagi talablarga to’laroq javob beradi. Masalan,
alyuminiy qotishmasida yasalgan porshenning cho’yan porshenga nisbatan og’irligi
kichik, ishchi temperaturasi kam va issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori.
Lekin
alyuminiy qotishmasining cho’yanga nisbatan yuqori haroratda kengayish
koeffisienti va yedirilishi ko’p, mustahkamligi esa pastroq. Bu kamchiliklarning
ba’zilarini alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan porshen konstruktiv o’zgarish
kiritish bilan yo’qotiladi. Porshen to’ntarilgan stakan shakliga ega bo’lib, tub qismi,
zichlovchi qismi – kallak yo’naltiruvchi qismi – yondor (yubka)dan iborat.
Dostları ilə paylaş: