5-mavzu: Milliy ma’naviyatga mustamlakachilik va qaramlik sharoitidagi munosabatlar, ularning ijtimoiy oqibatlari Reja


 Xalqni milliy ma’naviy-ma’rifiy zaminlardan mahrum qilish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#176655
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу

2. Xalqni milliy ma’naviy-ma’rifiy zaminlardan mahrum qilish 
mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir 
Xalqni milliy ma’naviy-ma’rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik 
siyosatining asosiy maqsadidir. 
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni 
o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat 
xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi 
mamlakatlar 
tomonidan 
mustamlakachilik 
tartiblarini 
saqlab 
turish 
va 
mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o‘ziga singdirib 
yuborishni, buning uchun o‘z mafkurasi va g‘oyalarini ularga majburan joriy etish, 
madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari 
rivojiga yo‘l bermaslikni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy 
donishmandi Konfutsiy bundan 2500 yil oldin o‘z imperatoriga shunday maslahat 
bergan ekan: “Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik 


qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy 
madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq 
uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. 
Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi”. Madaniyat 
va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat 
ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo‘llaridan biri 
ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham 
mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan 
rejalashtirib qo‘yishadi. 
Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning 
ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib 
ketadi. Bunday o‘lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, 
beparvolik boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-
sekin zaiflasha boshlaydi. Ana shunday o‘lkani, mamlakatni, uning xalqini 
mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish mumkin.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat istilochi 
mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakachilik 
tartibini saqlab turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga 
nisbatan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidangina ancha ustun turardi. 
Chor hukumati olimlar maslahatiga amal qilib, bizning o‘lkada qanday qilib 
bo‘lmasin, o‘zlarining xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa “uzil-kesil” 
g‘alabaga erishishga astoydil kirishdilar. 
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy 
ishni Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan 
mahrum qilish, ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur 
o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu 
siyosatning zamirida chor hukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish 
va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan 
butkul mahrum qilib, o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, 
istiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi turgan. 
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jixatdan o‘zini anglab 
ololmaydi, taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Chor amaldorlari buni 
yaxshi anglagan holda o‘z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston xalqlarini 
ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga alohida 
ahamiyat berdilar. Bu yo‘lda hech tab tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni 
butunlay unutdilar.
Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg‘uni poymol etishga, 
milliy qadriyatlarni toptashga, butkul yo‘qotib yuborishga qaratilgan edi. Chorizm 
bu o‘lkada savodsizlik, bilimsizlik holatini vujudga keltirish va uni 
mustahkamlashdan manfaatdor edi.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan 
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, 
uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga 
uchraydi”, - deb “bashorat” qilgan edi. Uning ana shu “dono” ko‘rsatmasi 


Turkistondagi ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan 
jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
Chor hukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub 
mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, 
madaniyatli, ziyrak, oqilu dono farzandlari allaqachon tushunib yetgan edilar. Chor 
hukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk, ozodlikka, bilim va 
madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘llab-quvvatlagan, shu yo‘lda 
jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb egasi Abdurauf Fitrat o‘zining “Turkistonda 
ruslar” risolasida: “Ko‘rdim, kezdim, eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida 
Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus 
poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski Rusiya hukumati ellik yil 
orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko‘rdimi, ko‘rmoqchi 
bo‘ldimi. Mana shu savolga - “Yo‘q!”dan boshqa bir javobimiz yo‘qdir. Yurtimiz 
51 yil idorasi askariy ostida turgani uchun biz Ovruponing madaniy millatlari bilan 
ko‘risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. 
Bizning ko‘zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning 
dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi”. 
Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan 
mustamlakachilik siyosati va xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo‘q 
qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyotini bo‘g‘ish, ularga 
erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlarini yerga urish, kamsitish, milliy g‘ururlarini, 
ma’naviyatini poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. 
Rossiyada Oktabr to‘ntarishidan keyin, boshqa jumhuriyatlarda bo‘lganidek, 
sovet xokimiyatining dastlabki yillarida O‘zbekistonda ham madaniy-ma’rifiy 
taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi 
kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy-siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Lekin 
O‘zbekiston mustaqilligiga qadar bo‘lgan 74 yil ichida madaniy-ma’rifiy 
tarraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan 
yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-
odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. O‘zbek xalqining 
madaniyati va ma’naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish sobiq sovet 
jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko‘ra kuchaydi. Sho‘ro zamonida 
xalqimizning ming yillik tarixi, e’tiqodi rad etildi, o‘rniga “shaxsga sig‘inish” balosi 
ro‘baro‘ bo‘ldi.
Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar, diniy-
tarbiyaviy marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan hujum o‘zbek 
xalqi boshiga tushgan og‘ir dard bo‘ldi. Yuqorida qayd etganimizdek, XX asr 30-
yillarining o‘rtalariga borib milliy ma’naviyatimizni to‘liq sindirib tashlashga 
qaratilgan siyosat amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib tashlandi.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda islom dinining ko‘zga 
ko‘ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib 
tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. 
Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini “fosh etish” maqsadida aziz-
avliyolarning mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustun qilindi. 


Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan 
qo‘rqib qolishdi. Yurak otib borganlar partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi. 
Til – har bir xalq va millatning milliy o‘zligini namoyon qilishda muhim 
vositadir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining 
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan 
har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Shaxs ma’naviy kamolotining 
zarur shartlaridan biri o‘z ona tilini bilishidir. Til bilmaydigan odam xalqning dilini 
ham bilmaydi. Biron-bir sabab tufayli milliy til yo‘qolsa, millat bora-bora yo‘qolib 
ketadi, milliy o‘ziga xosligini yo‘qotadi. Shunday bo‘lgach, biron-bir milliy tilning 
yo‘qolishi o‘sha xalqning muqarrar ravishda halok bo‘lishiga olib keladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin