5-mavzu: Milliy ma’naviyatga mustamlakachilik va qaramlik sharoitidagi munosabatlar, ularning ijtimoiy oqibatlari Reja


Mustamlakachilarning o‘z xatti-harakatlari borasidagi fikrlari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#176655
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу

Mustamlakachilarning o‘z xatti-harakatlari borasidagi fikrlari: 
“Biz 50 yil tub joy aholini taraqqiyotdan jilovladik, maktablar va rus hayotidan 
chetda tutdik”. 
A.N. Kuropatkin, Turkiston general-gubernatori 
“O‘lkani ruslashtirish rejasini amalga oshirishda maktab katta ahamiyat kasb 
etishi lozim”. 
General Rozenbax 
“Bir ming sart o‘rus soldati etigining poshnasiga arzimaydi”. 


P.Ivanov, Farg‘ona general-gubernatori 
“General Chernyaev Toshkent tarafdan hujumga o‘tib, ko‘p qon to‘kishlardan 
so‘ng Buxoro qo‘rg‘onlari – Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘onni birin-ketin egallay 
boshladi. Shunday qilib, butun Zarafshon vodiysining yuqori qismi egallanib, 
Rusiya tomonidan bosib olindi”. 
D.A.Logofet, “Buxoro tog‘lari va tekisliklari”dan 
 
“Janob imperator hazrati oliylari. Sizni yangi shodiyona bilan 
tabriklayotganimdan baxtiyorman. O‘rta Osiyoning mashhur va qo‘hna shahri, 
musulmonchilikning markazi, tarixiy shuhrati bilan dong taratgan Samarqand ham 
Sizning bahodir va sodiq qo‘shinlaringizga darvozalarni ochib janobi oliylarining 
oyog‘iga yiqildi”. 
General-gubernator Fon Kaufmanning 1869 yil
2 mayda imperator Aleksandr II ga yozgan maktubidan 
“Biz xon bilan emas, balki xalq bilan to‘qnashdik. Uni bostirish oson bo‘lmadi. 
Ruslar xalqi O‘rta Osiyoda bunday (Qo‘qondagidek) uzoq va qattiq qarshilikka duch 
kelmagan edilar”. 
Fon Kaufman, general-gubernator 
“O‘rta Osiyo – rus tojidagi eng qimmatbaho dur”. 
Vishnegorodskiy, Rossiya imperiyasi moliya vaziri 
“Rossiyaning kelajagi O‘rta Osiyodan”. 
Goncharov, Rossiya ichki ishlar noziri 
“Amir isyonkorlaridan birortasi ham asir olinmasin. qo‘lga tushganlarning 
hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin”. 
Fon Kaufman, general-gubernator 
Chor Rossiyasi tomonidan Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarining 
bosib olinishiga ularning o‘zaro ixtiloflari asosiy sabab bo‘ldi. Chorizm bosib olgan 
O‘rta Osiyo xalqlarining har qanday haq-huquqlarini yo‘q qilib, ularni ijtimoiy-
siyosiy, madaniy, iqtisodiy va harbiy qoloqlikda saqlab turish uchun o‘zining 
to‘rachilik, mahkamachilikka asoslangan boshqarish usulini joriy qildiki, bunda eng 
quyi mansabdan eng yuqori mansabga qadar bo‘lgan hamma lavozimlar faqat rus 
harbiy to‘ralar orqali idora qilinadigan tartib o‘rnatildi. 
Mahalliy xalqlardan talangan barcha boyliklar (paxta, ma’dan, rangli metall, 
qorako‘l teri, tulki terisi, pilla, meva mahsulotlari va boshq.) avvallari tuya, ot, 
aravalar, eshak, ho‘kizga yuklangan karvonlarda tashilgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoda 
temir yo‘l o‘tkazilgandan keyin uzun eshelonlar vositasida Rossiyaga olib 
ketiladigan bo‘ldi. O‘rta Osiyoning yer osti va yer usti boyliklari Rossiya 
imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylandi. 


Turkiston 
general-gubernatori 
Fon 
Kaufman 
imperatorga 
yozgan 
maktublarining birida istilo O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyatini, ijtimoiy 
taraqqiyotini 300 yilga orqaga surib yuborganligi to‘g‘risida maqtanib yozgan. 
Shubhasiz, inqilobdan avval masjid, madrasalarda o‘qishlar chegaralangan, arab, 
fors, tojik va turkiy xalqlar tillarida bitilgan noyob qo‘lyozmalar chor ma’muriyati 
tomonidan kuydirilgan va olib ketilgan, inqilobdan keyin Stalinning qirg‘inbarot 
davrida esa ma’rifatlilar bilan birga kitoblar ham yo‘q qilingan edi. 
1916 yildan Sibir, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Zakavkazeda 19 yoshdan 43 
yoshgacha bo‘lgan 400 ming kishini mardikorlikka olish boshlandi. Bunga qarshi 
xalq qo‘zg‘olonlari ham bo‘lgan. Mustaqillik uchun 1874-1876 yillardagi Po‘latxon 
qo‘zg‘oloni, 1892 yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni, jadidlar harakati shular jumlasidandir. 
Sho‘rolar hokimiyatiga qarshi olib borilgan istiqlolchilik harakati tarix kitoblariga 
oltin harflar bilan yozildi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin