3
Achitqi hujayralarining shakli va tuzilishi.
Ko‘pchilik
achitqilarning shakli
yumaloq, tuxumsimon uzunchoq yoki ellipsga o‘xshash bo‘ladi. Silindrsimon va
limonsimon shakldagilari kamroq uchraydi. Boshqacharoq
shakldagi achitqilar ham
bo‘ladi: o‘roqsimon, nayzasimon va uchburchak. Achitqi hujayralarining kattaligi 10-
15 mkm ga, diametri esa 3-7 mkm ga teng. Ba’zilari 40 mkm gacha ham kattalashib
ketishi mumkin. Achitqilarning shakli va kattaligi, o‘sish
sharoiti va yoshiga qarab
o‘zgarib turadi. YOsh hujayralarda doimiy shakl bo‘lib, qarilarida shakl o‘zgarib
turadi.
Achitqilar eukariot organizmlar tarkibiga kiradi (yadrosi ajralib chiqqan).
Ularning hujayrasini tuzilishi mog‘or zamburug‘larinikiga o‘xshaydi. Achitqilarning
yadrosi ikki qatlamli membrana bilan qoplangan bo‘lib, sitoplazmadan ajralib turadi.
Achitqi hujayrasining qobig‘i asosan gemitsellyuloza va kam miqdorda oqsillar,
lipidlar va xitindan tashkil topgan. Ba’zi achitqilarning qobig‘i shilliqlanadi va
natijada hujayralar bir-biri bilan yopishib qoladi. Ular
suyuq muhitda rivojlanganda
idishning tagiga pag‘a-pag‘a cho‘kma bo‘lib tushadi. Bunday achitqilar
Dostları ilə paylaş: